|
Tarbiya maqsadi va vazifalariTarbiya maqsadi va vazifalari
. Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh
avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayonidir. Turli zamon va
makonda ijtimoiy tarbiya mohiyatan turlicha ifodalab kelingan bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib
chiqib asoslangan.
Tarbiya maqsadi ijtimoiy buyurtma asosida belgilanadi. Eng oddiy harakatdan tortib to keng ko‘lamli davlat
dasturi asosida tashkil etiluvchi tarbiya doimo muayyan maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Maqsadsiz, ma‘lum g‘oyani ifoda etmaydigan tarbiya bo‘lmaydi. Tarbiya maqsadi asosida uning mazmuni
asoslanib, maqsadni amalga oshirishga xizmat qiluvchi metod va usullar aniqlanadi. Tarbiya maqsadining muammosi
pedagogikaning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Tarbiya maqsadi umumiy va individual xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Ilg‘or pedagogika umumiy va
individual maqsadlar birligi va uyg‘unligini namoyon etadi.
Maqsad tarbiyaning umumiy ijtimoiy maqsadni ijobiy hal etishga yo‘naltiriladi hamda aniq vazifalar tizimi
sifatida namoyon bo‘ladi. Demak, tarbiya maqsadi tarbiya jarayonini tashkil etish asosida hal etiladigan vazifalar
tizimidir. Tarbiya maqsadlari mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra umumiy va aniq vazifalar sifatida guruhlanadi.
Tarbiya maqsadi qanday shakllanadi? Uning shakllanishida ko‘plab ob‘ektiv sabablar yetakchi rol o‘ynaydi.
Organizmning fiziologik yetilish qonuniyatlari, insonning ruhiy rivojlanishi, falsafiy va pedagogik fikrlar yutug‘i,
ijtimoiy madaniyat darajasi maqsadga umumiy yo‘nalish beradi. Biroq asosiy omil doimo davlat mafkura va siyosati
bo‘lib qolaveradi.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yoshlar orasidan eng iqtidorli, salohiyatlilarini tanlab,
saralab olib, ularni ilmiy, madaniy-ma‘naviy jihatdan kamolotga erishishlari, zamonaviy fan-texnika asoslarini puxta
o‘zlashtirib olishlari uchun g‘amxo‘rlik qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasining istiqboli nazarda tutilib, ko‘pgina
yoshlarning Turkiya, Xitoy, YAponiya, AqSH, Germaniya kabi rivojlangan xorijiy mamlakatlarga tahsil olish uchun
yuborilayotganliklari fikrimizning yorqin dalilidir.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida» qonunini hayotga joriy etish, ta‘lim-
tarbiya, sog‘liqni saqlash hamda umumiy tibbiyot muammolarini zamon talablari darajasida olib borish, maktablarni
milliylashtirish, o‘rta maxsus hamda oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlarini test usulida o‘tkazish borasida amalga
oshirilayotgan ijobiy ishlar o‘z samarasini bermoqda.
Jamiyat ma‘naviyati va shaxs kamolotida muhim o‘rin tutuvchi ma‘naviy va axlohiy poklik, iymon, insof,
diyonat, or-nomus, mehr-oqibat, keksalarga hurmat singari insoniy fazilatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi. Barchasining
asosida yosh avlodga oila, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan
ta‘lim-tarbiya mazmuni, g‘oyaviy yo‘nalishi va samarasi yotadi.
O‘sib kelayotgan yosh avlodning zamon talablariga mos, barkamol inson bo‘lib shakllanishlari uchun
ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlari – aqliy, ma‘naviy-axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, ekologik,
iqtisodiy hamda jinsiy tarbiyani tashkil etishga nisbatan yangicha nuqtai nazardan yondashish, ularning samarali
yo‘llarini ishlab chiqish alohida dolzarblik kasb etadi. Bu esa tarbiyadagi eng muhim vazifalardir.
|
| |