2-bob. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartining maqsad va vazifalari 4. Davlat ta‘lim standartining maqsadi — umumiy o‘rta ta‘lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma‘naviy barkamol va intellektual
rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
5. Davlat ta‘lim standartining vazifalari quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta‘lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
milliy, umuminsoniy va ma‘naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakllari va
usullarini joriy etish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,
umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta‘lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini
ta‘minlash;
ta‘lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash
tartibini, shuningdek ta‘lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
davlat ta‘lim standartlari talablarining ta‘lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga
muvofiqligini ta‘minlash.
3-bob. Umumiy o‘rta ta‘lim davlat ta‘lim standartining asosiy prinsiplari 6. Davlat ta‘lim standarti quyidagi asosiy prinsiplarga asoslanadi:
o‘quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;
umumiy o‘rta ta‘lim mazmunining insonparvarligi;
davlat ta‘lim standartining ta‘lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
umumiy o‘rta ta‘limning boshqa ta‘lim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va ta‘lim mazmunining
uzviyligi;
umumiy o‘rta ta‘lim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
umumiy o‘rta ta‘limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga
asoslanilganligi;
o‘quvchilarda fanlarni o‘rganish va ta‘lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy
kompetensiyalarni rivojlantirishning ta‘minlanganligi;
UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 30
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta‘lim sohasida me‘yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni
hisobga olgan holda foydalanish.