|
Umum ped na amal-O`um 13-14Umumiy o‘rta ta‘limning
Davlat ta‘lim standarti quyidagi bandlardan iborat
1-bob. Asosiy qoidalar
1. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standarti (keyingi o‘rinlarda davlat ta‘lim standarti deb ataladi)
davlat ta‘lim standartining maqsad va vazifalarini, asosiy prinsiplarini, tarkibiy qismlarini, davlat ta‘lim standartlarini
joriy etish hamda davlat ta‘lim standartlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish tartibini belgilaydi.
2. Davlat ta‘lim standartini ishlab chiqish quyidagi hujjatlarga asoslanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;
«Ta‘lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta‘lim tizimi uchun davlat ta‘lim standartlarini
ishlab chiqish va amalda joriy etish to‘g‘risida» 1998 yil 5 yanvardagi 5-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Uzluksiz ta‘lim tizimining chet tillar bo‘yicha davlat
ta‘lim standartini tasdiqlash to‘g‘risida» 2013 yil 8 maydagi 124-son qarori;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Umumiy o‘rta ta‘lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash
to‘g‘risida»gi 2017 yil 15 martdagi 140-son qarori;
O‗zDSt 1.0-98. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. Asosiy qoidalar»;
O‗zDSt 1.1-92. «O‘zbekiston Respublikasi standartlashtirish davlat tizimi. O‘zbekiston Respublikasi
standartlarini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartiblari»;
O‗z DSt 1.5-93. «Standartlashtirishga doir normativ hujjatlarni ko‘rib chiqish, tekshirish, o‘zgartirish kiritish
va bekor qilish tartibi»;
O‗z DSt 1157:2008. Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni
rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.
O‗z DSt 1.8:2009. Asosiy qoidalar. Tavsiyalar.
3. Davlat ta‘lim standartini bajarish O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha
umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari uchun majburiydir.
|
| |