UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
33
Nutq madaniyatini o‘stirishda hikoyaning o‘rni katta bo‘ladi. Shu jihatdan o‘qitishning og‘zaki usullari ta‘limda
doimo eng ko‘p qo‘llaniladi
O‘quv ma‘ruzasi - o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish uchun muljallangan. Uning hajmi hikoyadan katta
bo‘ladi. O‘quv ma‘ruzasi dars yoki mashg‘ulotning barcha qismini egallab oladi.
Ma‘ruza asosan yuqori sinflar, kollej va oliy o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. Maktab ma‘ruzasi o‘tilayotgan
mavzuning haqiqiy ilmiy mohiyatini ochib berish, ulardan ilmiy xulosalar chiqarish va umumlashtirish yo‘li bilan to‘liq
mashg‘ulot davomida bilimlarni izchillik bilan bayon etishdir.
O‘quv materialini og‘zaki bayon qilish usuli bir qator didaktik qoida va talablarga asosan qo‘llaniladi.
1.Bayon qilinayotgan materiallar g‘oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘lashga
qaratilgan bo‘lishi kerak.
2.Bayon qilinadigan materiallarning tarbiyaviy ahamiyatini to‘g‘ri ko‘rsatish orqali o‘quvchiga tarbiyaviy ta‘sir
ko‘rsatish.
3.Bayon qilishda o‘quvchining nutqi yagona manba hisoblanadi va u nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi.
4.Bayon qilishda o‘qituvchi ishlatadigan ta‘riflar, qoida va qonunlar kitob matnidan farq qilishi, mazmuniga mos
bo‘lishi kerak.