|
Umum ped na amal-O`um 13-14Yangi mavzu:
Ta‘lim vetodi deganda ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning kutilgan maqsadga
erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati tushuniladi. Ta‘lim usullari ta‘lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi
faoliyatining qanday bo‘lishini, o‘qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini belgilab beradi.
Ta‘lim usullari har ikkala faoliyatning a) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan
qurollantirish, b) o‘quvchilar tomonidan berilayotgan ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish faoliyatida
qo‘llanadigan yo‘llarni o‘z ichiga oladi. Ta‘lim berish o‘qituvchidan izlanishni, pedagogik mahoratni talab qiladi.
Ilmiy salohiyati boy bo‘lgan ustozgina mavzuni talabalarga maxorat bilan yetkazib beradi. Mavzuning maqsadiga
qarab, ta‘lim metodlarini tanlay biladi, kerakli vositalardan o‘z o‘rnida foydalaniladi.
«Mеtоd» so`zining yunоnchа tаrjimаsi «tаdqiqоt, usul, mаqsаdgа erishish yo`li» kаbi mа‘nоlаrni аnglаtаdi.
Filоfоsiya sifаtidа ushbu tushunchа umumiy tаrzdа «mаqsаdgа erishish usullаri»
1
dеya shаrhlаngаn.
Ta‘lim metodi ta‘limning maqsadi va vazifalariga bog‘liq. Metodlar o‘quvchilarning yoshiga ta‘limning
mazmuniga va funksiyasiga qarab tanlanadi.
Metodlarni har qanday muammoni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab quyidagi turlarga ajratish
mumkin:
Ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchilarining bilim saviyasi, o‘zlashtirish qobiliyati, ta‘lim manbai,
didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda quyidagi metodlar qo‘llaniladi:
ta‘limning og‘zaki metodi;
ta‘limning amaliy ishlar metodi;
ta‘limning ko‘rgazmali metodi;
muammoli evristik modellashtirish metodi;
- o‘qitishning muammoli izlanish va reproduktiv metodi;
o‘qitishning induktiv va deduktiv metodi;
o‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish metodi;
o‘qitishda nazorat va o‘z-o‘zining nazorat qilish metodi.
Metodlar o‘z navbatida guruhlarga bo‘linadi.
Ta‘lim metodlarini solishtirib o‘rganish maqsadida quyidagi shakldagi T-Chizmadan foydalanamiz (uning
mohiyati va qo‘llanish qoidalari oldingi mavzularda berilgan)
Ta‘limning og‘zaki
metodlari
Ta‘limning amaliy
metodlari
Ta‘limning
muammoli metodlari
Afzal-ligi
Kamchi-
ligi
Afzal-ligi
Kamchi-
ligi
Afzal-
ligi
Kam
chiligi
2-8. chizma
|
| |