|
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o‘qiganmiz. Xo‘sh, bu tizimning
mohiyati nimadan iborat va u qanday
Biz hammamiz sinf-dars tizimida o‘qiganmiz. Xo‘sh, bu tizimning
mohiyati nimadan iborat va u qanday
tuzilishga ega?
Ta‘limning maqsadi - mustaqil jamiyatimizning ravnaqiga nazariy va amaliy hissa qo‘sha oladigan "barkamol
avlod"ni tarbiyalash.
Ta‘limning vazifasi - yosh avlodni ilmiy bilimlar, ko‘nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirish.
Darsning maqsadi - o‘qituvchining rejalashtirgan aniq bir mavzusini o‘quvchilarga bildirishi va o‘quvchilar
o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirib ko‘rish hamda yangi mavzuga zamin yaratish.
Darsning mazmuni - uni o‘qituvchi tomonidan rejalashtirilgan tugal ma‘noga ega matn tashkil etadi. Uni
o‘quvchilar ongiga singdirish jarayonida manba, xulosa va hikoyalardan foydalanadi.
Sinf - deganda, yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lgan o‘quvchilar guruhi tushuniladi.
Dars - aniq maqsadni ko‘zlab belgilangan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchi, yoshlar bilan o‘qituvchi rahbarligida
olib boriladigan mashg‘ulotlardir. Dars - o‘z oldiga qo‘yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat.
Darsning maqsadi, mazmuni, hajmi ta‘lim standartlari asosida belgilanadi. Dars o‘quv ishlarining asosiy tashkiliy
shakli ekan, bu jarayonda quyidagilarga amal qilinishi lozim:
- Har bir sinfda o‘quvchilarni yoshi va bilim darajasi bir xil bo‘lishi lozim.
- Dars qat‘iy jadval bo‘yicha belgilangan muddatda olib borilishi kerak.
- Dars o‘qituvchi rahbarligida butun sinf bilan va alohida o‘quvchilar bilan ishlash shaklida olib
boriladi.
- Dars, o‘quv fanining xarakteri, o‘qitilayotgan materialning mazmuniga qarab turli usullar va
vositalarda olib boriladi hamda ta‘lim tizimining bir qismi sifatida tugallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni
o‘zlashtirmoq uchun zamin yaratadi.
Shuni unutmaslik kerakki, ta‘lim ishlari darsdan tashqari ham to‘garak, ekskursiyalar shaklida olib boriladi.
Dars oldiga qanday talablar qo‘yiladi? Ularning mohiyati nimadan iborat?
Har bir dars oldiga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) tarbiyaviy talab, b) didaktik talab, v) tashkiliy talab.
Darsga qo‘yilgan
|
| |