• Qanday holda induktiv va deduktiv usullar qo‘llaniladi
  • Muammoli ta‘lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   307
    Muammoli ta‘lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin

    Muammoli deyilganda o‘quv materialini o‘quvchilar ongida ilmiy izlanishga o‘xshash bilish vazifalari va 
    muammolari paydo bo‘ladigan qilib o‘rganish tushuniladi. 
    O‘quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to‘g‘ri, ilmiy xulosalarni izlash va o‘zlashtirishga 
    rag‘batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. 
    Har qanday ta‘lim o‘quvchi uchun muammolidir. O‘quvchi ongida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, 
    o‘quvchining faol fikrlash faoliyati o‘quv materialini puxta o‘zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli 
    fikrlar aytib o‘tganlar. 
    Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o‘quvchilarni o‘qitish hamda tarbiyalash 
    jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o‘quvchining zerikmasligini, zo‘riqmasligini 
    ta‘kidlagan. 
    Muammoli vaziyatda: 

    o‘quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya‘ni o‘rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish; 

    o‘quvchilarda bilishga qiziqish o‘yg‘otish; 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    35 

    tahlil jarayonida o‘quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
    Ta‘lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta‘lim tizimining 
    har bir bosqichida o‘rganiladigan fanlarga xosdir. 
    Muammoli vaziyat fanning mazmuni o‘ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o‘rganish usullarini hisobga olgan 
    holda yaratiladi. 
    Ta‘lim jarayonida o‘qitishning induktiv va deduktiv usullariga ehtiyoj sezilmoqda.
     Qanday holda induktiv va 
    deduktiv usullar qo‘llaniladi? 
    Ayniqsa deduktiv o‘qitishga talab va e‘tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta 
    samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo‘llash o‘rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma‘lum 
    mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o‘tishni tanlashni anglatadi. 
    Induktiv usullar texnik qurilmalarni o‘rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo‘llaniladi. 
    Deduktiv usul o‘quv materialini tezroq o‘tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi. 
    Nazariy materialni o‘rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi 
    masalalarni yechishda deduktiv usulni qo‘llash ayniqsa foydalidir. 
    Jeff Halstead fikricha:
    ―Agar sinfning katta qismida o`zlashtirish, bilim va ko`nikmalar yetishmayotgan 
    bo`lsa, u holda butun guruhni oldinga harakatlantirish faoliyati bilan ta‘minlash mumkin. Agar 
    o`zlashtirolmaydiganlar qismi kamroq bo`lsa, unda o`qituvchi ularni tabaqalashtirish orqali bir xil bilim darajaga ega 
    bo`lgan yoki bir xil konseptual akl atrofida bo`lganlarni ajratilishi mumkin. 
    O`qituvchilar toki o`z o`quvchilarini omadini guvohi bo`lmagunlaricha dars bilan birga oldinga intilmaydilar. 
    Ular shuningdek, yordamga muxtoj talabalarga yordam berish g`oyasini amalga oshirishlari kerak bo`ladi. Agar 
    o`quvchilar darsga yoki oldindagi ishlarga tayyor bo`lishmasa, ular o`zlari uchun kurashishlariga to`g`ri keladi, 
    extimol muvaffaqqiyat o`z salohiyatlarini ko`rsatishar‖
    1
     

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli ta‘lim nima? Qanday qilib muammoli vaziyat yaratish mumkin

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish