|
Dars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘quvchilardaDars o‘qituvchi va o‘quvchining ijodiy hamkorligiga asoslanishi lozim. Shundagina o‘quvchilarda
mustaqil fikrlay olish, iroda tarbiyalanadi. Nutq madaniyati rivojlanadi. Muammoli vaziyat orqali o‘z yo‘lini
topa oladilar.
Har bir dars turidagi o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini quyidagi T-chizma orqali chuqur tahlil qilib chiqamiz:
Yangi bilim berish
darsi
O‘quv materia-lini
mustah-kamlash
darsi
Takrorlash va
umumlashtirish darsi
Aralash dars
O
‘qi
tuvchi
Faol
iyat
i
O
‘quv
chi
Faol
iyat
i
O
‘qi
tuvchi
faol
iyat
i
O
‘quv
chi
faol
iyat
i
O
‘qi
tuvchi
faol
iyat
i
O
‘quv
chi
faol
iyat
i
O
‘qi
tuvchi
faol
iyat
i
O
‘quv
chi
Faol
iyat
i
2.13. chizma
O‘quv ishlarini tashkil etishing darsdan tashqari shakllari ham bormi? Ularga nimalar kiradi?
O‘quv mashg‘ulotlarining sinfdagi shakli darsdan tashqari yana qo‘shimcha qator ta‘lim shakllari mavjud bo‘lib,
bular amaliy - tajriba mashg‘ulotlari, qo‘shimcha darslar, fakultativlar, ekskursiya kabilardir.
Bular darsda berilgan bilimlarni to‘ldirish, mustahkamlash, amaliyot bilan bog‘lash uchun uyushtirilgan
qo‘shimcha mashg‘ulotlardir.
Bulardan tashqari o‘quv yurtlari tajribasida fan tugaraklari, ishlab chiqarish amaliyoti, o‘yin shaklidagi
mashg‘ulotlardan ham foydalanmoqda.
Laboratoriya mashg‘ulotlarida bolalar turli o‘quv predmetlari bo‘yicha tajribalar, turli qurilmalar yordamida sinov
ishlari o‘tkazishadi. Laboratoriya mashg‘ulotlari amaliy dars ham deb yuritiladi. Amaliy darslarda o‘quvchilar
guruhlarga ajralib, turli esperimental topshiriqlarni bajarishadi.
Seminar mashg‘ulotlari nazariy muammolarni faol o‘rganish shakli hisoblanadi. O‘rta umumta‘lim maktablarida
seminarlar quyidagicha o‘tkaziladi: seminar uchun mavzu tanlanadi; mavzu buyicha reja, ko‘rsatmalar beriladi;
tayyorganrlik uchun yetarli vaqt ajratiladi; asosiy manbalar, ularning betlari aytiladi; maslahatlar beriladi. Seminarga
barcha o‘quvchilar tayyorgarlik ko‘rishadi. Seminarning oxirida o‘qituvchi yakunlovchi suhbat o‘tkazib, kelgusi
seminarda qilinadigan ishlarni belgilaydi.
|
| |