UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI
37
4.Har bir dars xarakteriga mos usul, uslub va vositalardan samarali foydalangan holda tashkil etilishi lozim.
5.Dars uchun ajratilgan soat va daqiqalarni tejash va unumli foydalanish darkor.
6.Dars jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faol munosabatda bo‘lishi lozim, o‘quvchi-talaba passiv tinglovchiga
aylanmasligi lozim.
7.Mashg‘ulotlar butun sinf bilan va har bir o‘quvchi bilan, ularning shaxsiy xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda
olib borilishi kerak.
8.O‘qitilayotgan mavzuni mazmuniga bog‘liq holda mustaqil yurtimizdagi o‘zgarishlardan talabalarni xabardor
qilish.
9.Darsda prezidentimizning ta‘lim sohasidagi fikrlari, yurtimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarimizga, farzandlarimizga
qarata qilgan murojaatlaridan o‘z o‘rnida foydalanish.
Dars bilim va ko‘nikma, malakalar bilan o‘quvchilarni qurollantirishda asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli o‘quv
mashg‘ulotlariga ajratilgan vaqtning asosiy qismi dars o‘tish uchun sarflanadi.