• 8-MAVZU: TA‘LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI.
  • Tayanch so`z va iboralar
  • Ta‘lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo‘lida ta‘lim vositalaridan foydalaniladi




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/307
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,15 Mb.
    #249463
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   307
     
    Ta‘lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo‘lida ta‘lim vositalaridan foydalaniladi.
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    1
    Jeff Halstead . Navigating the new pedagogy. R and Education, 2011.74-75b. 


    UZLIKSIZ TA‘LIM PEDAGOGIKASI 
    36 
    8-MAVZU: 
     TA‘LIMNI TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI.
    REJA: 
    1.Ta‘lim shakllarining tarixan paydo bo‘lishi. 
    2.Ta‘limning asosiy shakli-dars va unga qo‘yilgan talablar. 
    3.Darsning xil (tip)lari va ularning tuzilish shakllari. 
    4.Seminar va amaliy tajriba ishlari shaklidagi mashg‘ulotlar. 
    5.Ta‘limning samaradorligini ta‘minlovchi noan‘anaviy shakllar. 
    Tayanch so`z va iboralar 
    Ta‘lim shakl, dars, ta‘limning asosiy shakli-dars, darsga qo‘yilgan talablar, darsning xil (tip)lari, sinf-dars 
    tizimi, Yan Amos Komenskiyning ―Buyuk didaktika‖ asari, seminar va amaliy tajriba ishlari, noan‘anaviy
    shakllar, noan‘anaviy dars. 
     
    Ta‘lim shakllarining tarixan paydo bo‘lishi. 
    Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz ta‘limni tashkil etish shakllari ijtimoiy tuzum manfaatlariga mos holda 
    paydo bo‘lgan va rivojlangan. Dastlabki davrlarda ta‘lim berish ishlarini odamlarning mehnat faoliyati, turmush tarzi 
    bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, o‘rgatish ishlari yakka tartibda olib borilgan. 
    Davr o‘tishi bilan ko‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo‘ladi, ta‘lim tizimi mazmuni, bilimlarni 
    murakkablashuvi bolalarni guruh - guruh qilib, to‘plab o‘qitishni taqazo qilgan hamda ta‘lim bilan shug‘ullangan 
    mutaxassislar - o‘qituvchi tayyorlash zaruriyati kelib chiqadi. 
    Shu davrda dars va sinf - dars tizimi paydo bo‘la boshlaydi. Xalq orasida hayotiy tajribaga, bilim va tarbiyaga ega 
    bo‘lgan kishilar murabbiy, o‘qituvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatadi. 
    Xalqimiz tarixiga nazar tashlar ekanmiz, maktab va madrasalarda yoshlarga bilim berish bilan shug‘ullanganligi 
    "Avesto" va boshqa tarixiy manbalardan ma‘lum. Ammo qadim davrlardan ta‘limni qat‘iy chegaralangan vaqtda bir xil 
    yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta‘lim mazmunini bosqichma - bosqich berish masalalariga aniqlik kiritilmagan edi. 
    Forobiyning "Fan va aql zakovat" asarida o‘quv fanlarini guruhlarga bo‘lib o‘qitish, ularning tarbiyaviy 
    mohiyatini ochish masalalariga e‘tibor berilgan. 
    Sinf-dars tizimini didaktik talablar asosida yaratishda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning xizmatlari 
    katta, uni sinf - dars tizimining asoschisi sifatida butun dunyo tan olgan. 
    A.Ya.Komenskiy "Buyuk didaktika" asarida o‘quv mashg‘ulotlarini guruh shaklida tashkil etish, o‘quv yili va 
    o‘quv kunini bir vaqtda boshlash, mashg‘ulotlar orasida tanaffuslar berilishi, guruhdagi bolalarning yoshi va soni bir xil 
    bo‘lishiga alohida e‘tibor berdi. Dars davomida o‘quvchilar diqqatini to‘plash, materialni batafsil tushuntirish, 
    o‘quvchiga savollar berish, o‘zlashtirish jarayonini nazorat qilish zarurligini ta‘kidlaydi. 
    «Ta‘limni tashkiliy shakllari» mavzusiga klaster tuzamiz. (Uning qoidalari oldingi mavzularda tushuntirilgan) 

    Download 6,15 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   307




    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta‘lim maqsadini muvaffaqqiyatli amalga oshirish yo‘lida ta‘lim vositalaridan foydalaniladi

    Download 6,15 Mb.
    Pdf ko'rish