|
Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi boshlangich ta`lim ona tili Pdf ko'rish
|
bet | 234/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS70-72-mavzular. Amaliy masalalar yechish. O‘rtacha tezlikni topishga doir
masalalar (3 soat).
Arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va
matnli masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik
ma’lumotlarni izlab topish mashqlari (A1+: 2soat).
Bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik
masalalar yechish (A1+: 2 soat).
Sodda kombinatorik va mantiqiy masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Nostandart va qiziqarli masalalar yechish (A1+: 3 soat).
Reja tuzish mashqlari (A1+: 2 soat).
Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar
keltira oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni
komponentlar va amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yecha oladi;
bir-biriga nisbatan hamohang hamda qarama-qarshi yo‘nalishdagi harakatga
doir 2-4 amalli masalalar, proporsional bo‘lishga doir masalalar, (munosabat
usullari, algebraik usullari, birlikka to‘g‘ri keltirish usuli, birlikka teskari keltirish
usuli) orqali to‘rtinchi proporsionalni topishga doir masalalar, ikki ayirma bo‘yicha
noma’lum sonni topishga doir masalalar, sonning ulushini va ulushi bo‘yicha sonni
topishga, vaqt, tezlik, tekis harakatda bosib o‘tilgan yo‘l;
narx, miqdor, baho kabi kattaliklar orasidagi bog‘lanishlarga oid masalalarni
yecha oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha
oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va
matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalaroni yecha oladi.
|
| |