• Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A1
  • Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari: Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: A1
  • Milliy va umummadaniy kompetensiya




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet242/274
    Sana29.11.2023
    Hajmi1,31 Mb.
    #107506
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   274
    Bog'liq
    Boshlangich-sinf-DTS

    Milliy va umummadaniy kompetensiya: 
    A1 
    kundalik hayotda matematik usullar samarali ekanligini tushuna oladi; 
    zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimiz haqida ma’lumot bera oladi. 
    A1+ 
    milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan 
    oqilona foydalanish va asrab-avaylashda matematikaning o‘rni beqiyos ekanligini 
    tushuna oladi.
    Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish 
    hamda foydalanish kompetensiyasi: 
    A1 
    aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuza oladi; 
    kundalik faoliyatida turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy oladi;
    murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda, o‘rganilgan tenglamani yechishda, 
    o‘rganilgan turdagi yassi va fazoviy geometrik figuralarni tasvirlashda hisoblash 
    vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalana oladi. 
    A1+ 
    sodda savdo-sotiq munosabatlarda, kundalik hayotda matematik bilim va 
    ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llay oladi;
    matematikaga oid yangi bilimlarni izlashda axborot-kommunikatsiya 
    vositalari, internet saytlaridan foydalana oladi.
    Boshlang‘ich (4-sinf) sinf bitiruvchilarida shakllangan fanga oid 
    kompetensiyalar elementlari: 
    Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya: 
    A1 
    o‘rganilgan matematik tushunchalarni va qoidalarni tushuntirib bera oladi
    tegishli misollar keltira oladi; 


    208
    berilgan sonlarni va eng sodda kasrlarni o‘qiydi, yozadi, taqqoslay oladi, 
    tartibga solib, turli ko‘rinishlarda tasvirlay oladi;
    sodda sonli ifodaning qiymatini og‘zaki va yozma hisoblay oladi; 
    sodda amaliy, matnli va mantiqiy masalalarni yecha oladi; 
    tekislik va fazodagi sodda geometrik figuralarni tasavvur qiladi, taniydi va 
    tasvirlay oladi;
    obyektlarni xossalari bo‘yicha tartiblaydi va sodda kombinatsiyalar tuza oladi; 
    sodda amaliy holatlarda tayyor jadvallarga ma’lumotlar kirita oladi, eng sodda 
    diagrammalar shaklida tasvirlay oladi. 
    A1+ 
    arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va 
    matnli masalalarni yecha oladi; 
    bo‘yashlar, qoplashlar, qirqishlar, simmetriyaga oid sodda geometrik 
    masalalarni yecha oladi; 
    sodda amaliy vaziyatlarda kombinatorik va mantiqiy masalalarni yecha oladi; 
    elektron axborot manbalaridan turli ko‘rinishdagi sodda matematik 
    ma’lumotlarni izlab topadi, foydalana oladi. 

    Download 1,31 Mb.
    1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   274




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish