|
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish Pdf ko'rish
|
bet | 250/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish,
aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki
rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga
amal qilish.
A1+
uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga doir amaliy
topshiriqlarni bajara olish.
Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda
fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash,
tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish
kompetensiyasi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining 1-4-sinflarida
yil oxirida keltirildi. O‘quv dasturida nazorat ishlari ham berildi. Mazkur nazorat
ishlari mavzular kesimida joylashtirilgan.
Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar
quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:
I. TK-tayanch kompetensiyalar
1.
TK1-kommunikativ kompetensiya;
2.
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
3.
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;
4.
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
5.
TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya;
6.
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1.
FK1-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish,
aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;
2.
FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish
kompetensiyasi;
218
3.
FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana
olish kompetensiyasi;
4.
FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
|
| |