2. Geografik ob’ektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A1 O‘zi yashaydigan joy (mahalla, qishloq, tuman, shahar) nomlarini biladi, u
yerdagi geografik ob’ektlarning (tog‘, tekislik, suv havzalari va boshqalarning)
nomlanishini og‘zaki va yozma ravishda to‘g‘ri qo‘llay oladi;
O‘zbekistondagi viloyat va shaharlarning nomlarini ayta oladi va to‘g‘ri yoza
oladi.
A1+ Joy nomlarining o‘ziga xos mazmun va tarixiy ahamiyatga ega ekanligini ayta
oladi.
3. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: A1 Globus, dunyoning yarim sharlari xaritasi, O‘zbekiston tabiiy va siyosiy
xaritalaridan geografik ob’ektlarning joylashgan o‘rnini ko‘rsata oladi;
O‘zbekistonning
tabiiy
xaritasidan
o‘zi
yashaydigan
hududni,
mamlakatimizdagi eng baland tog‘lar, tekisliklar, daryolar va boshqa geografik
ob’ektlarni ko‘rsata oladi.
A1+ Globus va geografik xaritalarning masshtablari yordamida geografik
ob’ektlarning o‘lchamlarini hisoblab chiqara oladi.
4. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A1 O‘zi yashaydigan joy tabiati, O‘zbekistondagi tabiat boyliklari, diqqatga
sazovor tabiat ob’ektlari, ularni muhofaza qilish haqida aytib bera oladi;
214
tevarak atrofdagi tabiiy muhitni (suv, havo, tuproqni) asrab, ulardan
tejamkorlik bilan foydalana oladi.
A1+ Mamlakatimizning cho‘l, vodiy-voha, adir, tog‘, yaylov mintaqalarida tabiatni
muhofaza qilish haqida biladi va aytib bera oladi.