212
Tabiiyot va geografiya (Amaliy geografiya) fani
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida tabiiyot va geografiya, o‘rta maxsus,
kasb-hunar ta’limi muassasalarida amaliy geografiya o‘quv fanini o‘rganish
bosqichlari
Ta’lim
bosqichi
Bitiruvchilar
Standart
darajasi
Daraja nomlanishi
Umumiy
o‘rta ta’lim
Umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining boshlang‘ich 4-sinf
bitiruvchilari
A1
Tabiiyot fanini
o‘rganishning
boshlang‘ich darajasi
Tabiiyot fani chuqur
o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan
umumiy o‘rta ta’lim
maktablarining 4-sinf
bitiruvchilari
A1+
Tabiiyot fanini
o‘rganishning
kuchaytirilgan
boshlang‘ich darajasi
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida
tabiiyot, geografiya va amaliy geografiya fanini o‘qitishning maqsad va
vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limida tabiiyot va
geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy
kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat;
jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, geografik ob’ektlar,
jarayon va
hodisalar,
Yer yuzining tabiiy manzarasi,
tabiatdan oqilona foydalanish, Yer
yuzidagi global ekologik muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish,
tabiatni
qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash
mahoratini shakllantirish;
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib
borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini
shakllantirish va
rivojlantirish.