213
Tabiiyot va geografiya o‘quv fani bo‘yicha ta’lim oluvchilar tayyorgarligining
zarur va yetarlicha darajasi hamda ta’lim muassasalari
bitiruvchilariga
qo‘yiladigan malaka talablari:
1. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish,
aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi:
A1
Quyosh tizimidagi sayyoralarning nomlarini ayta oladi;
Yer yuzidagi tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va ayta oladi;
tun va kun, yil fasllari almashinishini kuzatadi va aytib bera oladi;
kundalik hayotda ob-havoning o‘zgarishini mahalliy belgilarga qarab aniqlay
oladi, termometr yordamida havo haroratini o‘lchay oladi;
ufq tomonlarini kompas va mahalliy belgilarga qarab aniqlay oladi;
O‘zbekiston Respublikasi va uning viloyatlari tabiati
haqida biladi va ayta
oladi.
A1+
Yer yuzi tabiatining vaqt davomida o‘zgarishi va rivojlanishi haqida biladi va
ayta oladi.