|
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari Pdf ko'rish
|
bet | 249/274 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 1,31 Mb. | | #107506 |
Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon eta olish, darslik, o‘quv atlasi
ma’lumotlardan samarali foydalana olish, guruhlar bilan ishlaganda muomala
madaniyatiga amal qilish.
A1+
manbalardan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur
ma’lumotlarni izlab topish, ulardan samarali foydalana olish va mediamadaniyatga
rioya qilish.
A1+
media vositalardan foydalanib, mavzuga doir didaktik topshiriqlarni bajara
oish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
fan to‘garagida, uyda rasmli kitoblar, jurnallardan foydalanib, mustaqil ishlay
olish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullana olish, o‘zini tuta olish, o‘zining
xatosini tushuna olish.
A1+
manbalardan foydalanib, tabiat hodisalariga doir referat tayyorlay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga rioya qilish, maktabda,
sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
A1+
tabiiy hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his qilish, sinfda, maktabda,
oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
217
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish
maskanlarini asrab avaylash va ularning qadriga yetish.
A1+
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalariga doir albomlar
tayyorlay olish.
|
| |