215
TABIIYOT FANI O‘QUV DASTURI
(1-4-SINF)
UQTIRISH XATI
Tabiiyot va geografiya fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda
insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb
etadigan zamonaviy axborot-
kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish
sohalarida va kundalik hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan
bog‘lashga olib keladigan geografiyaning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.
Tabiiyot va geografiya ta’limida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va
tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim
maktablari darsliklarida
sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni
o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va
o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga
e’tibor qaratishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy
maqsadi
- o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid
umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;
geografik obyektlar,
jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi,
aholisi va uning xo’jaligi, jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, tabiatdan
oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global muammolar
haqida fikr-mulohaza
yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini
amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib
borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy
vazifalari:
o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish,
tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini
shakllantirish, tabiatni kuzatish,
tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy
qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom
ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim
sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan
tafakkur
va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida
foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim
maktablarida o‘rganilgan matematika, fizika, botanika, kimyo,
iqtisodiy bilim
asoslari fanlaridan olingan bilimlar umumlashtirilib, geografiyani o‘rganishning
birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining
tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq,
ulardagi kishilar hayoti,
mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi
haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning
ikkinchi
davri – umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari bo‘lib, geografiya kurslarida
216
o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
geografiya ta’limida takrorlanmasligi e’tiborga olingan.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy
kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab
berilgan. Tabiiyot va geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda
tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.