|
-23-mavzular. Bo‘g‘in. Unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi (2Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS22-23-mavzular. Bo‘g‘in. Unli tovushlarning bo‘g‘in hosil qilishi (2
soat).
So‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish va chiziqcha
bilan yozish. Unlining bo‘g‘in hosil qilishi. So‘zda nechta unli bo‘lsa, shuncha
bo‘g‘in bo‘lishi.
24-25-26-mavzular. So‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirish (3 soat).
So‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘lish va bo‘g‘inlab ko‘chirish tushunchalarini
farqlash, so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirishga ko‘ra bo‘g‘inlarga bo‘lish, bir unlidan
iborat bo‘g‘inlarni oldingi satrda qoldirmaslik va keyingi satrga ko‘chirib
bo‘lmasligi, ko‘p bo‘g‘inli, tutuq belgili so‘zlarni, yonma-yon kelgan bir xil
undoshli so‘zlarning bir satrdan keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Harf
birikmali (sh, ch, ng) so‘zlarning bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab
ko‘chirilishi.
N
azorat ishi (1 soat).
II bo‘lim. SO‘Z
( 23 soat )
27-28-29-mavzular. So‘z ma’nosi (3 soat).
So‘z, so‘zlarning ma’nolariga ko‘ra farqlanishi, so‘roqlari asosida so‘z
ma’nolarini farqlash, guruhlash. So‘zlarning kim?, nima?, nima qildi?, qanday?,
necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi.
30-mavzu. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar (1 soat).
Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar. Ularning so‘roqlariga ko‘ra
farqlanishi. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi.
31-mavzu. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar (1 soat).
Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlarni kim?, kimlar?, nima?,
nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishiga ko‘ra guruhlash.
32-33-mavzular. Kishilar ismi va familiyasining bosh harf bilan yozilishi
(2 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
mavzu doirasida o‘qituvchi nutqini va sodda audio (multimedia ilovalari)
matnlarni va topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
ko‘rgan rasmlari asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan o‘qituvchi
yordamida suhbatga kirisha oladi, nutq jarayonida o‘zlashtirgan yangi so‘zlarni
og‘zaki nutqda qo‘llay oladi;
unli tovushlar, ularning talaffuzi, harflar bilan ifodalanishini, J harfining j
(portlovchi) va j (sirg‘aluvchi) tovushni ifodalashini, sh, ch, ng harf birikmalari,
ularning bitta tovush ifodalashini, aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarni,
ya’ni b-p, d-t, z-s, j- sh, j-ch, v-f, g‘-x kabi undoshlarni, so‘zda nechta unli bo‘lsa,
shuncha bo‘g‘in bo‘lishini tinglab tushuna oladi;
mashq matnidagi so‘zlarni to‘g‘ri o‘qiy oladi, tuzilishi murakkab so‘zlarni
bo‘g‘inlab yoza oladi, tutuq belgili so‘zlarni yoza oladi, tutuq belgisining o‘rniga
31
ko‘ra, ya’ni tutuq belgisidan oldingi unlini cho‘ziqroq aytib va tutuq belgisi
undoshdan so‘ng kelganda bo‘g‘inlarni ajratib o‘qiy oladi;
so‘z oxirida ketma-ket kelgan (d-t, (nd, st, rg, lt) g-k) undoshlarini yozuvda
yoza oladi. Tutuq belgisi qatnashgan so‘zlarni, ya’ni o‘zidan oldingi unli va
undosh bilan qoldirib yozishni biladi. Alifbodagi bosh va kichik harflarni alifbo
tartibida yoza oladi, sh, ch, ng harf birikmali so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga
ko‘chirib yoza oladi. Gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali o‘qiy oladi;
joy nomlarining bosh harf bilan, ya’ni Respublika, shahar, ko‘cha, qishloq,
daryo nomlarini bosh harf bilan yoza oladi, shaxs va narsaning nomini, harakatini,
belgisini, miqdorini bildirgan so‘zlarni yoza oladi, harflarni yozuvda imlo va
husnixat qoidalariga amal qilgan holda harflarni bir-biriga bog‘lab, ko‘chirib,
namunaga qarab yoza oladi. Bir mavzu doirasidagi savollarga javob yoza oladi.
|
| |