|
-47-mavzular. So‘z ma’nolarini takrorlash (2 soat)Bog'liq Boshlangich-sinf-DTS46-47-mavzular. So‘z ma’nolarini takrorlash (2 soat).
Shaxs va narsaning nomini, belgisini, miqdori va tartibini, harakatini
bildirgan so‘zlarni gap tarkibida aniqlash va ularning ma’nosini farqlash.
So‘roqlari asosida ajratish. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini
shakllantirish.
Nazorat ishi (1 soat).
III bo‘lim. NUTQ VA GAP
(12 soat)
48-mavzu. Og‘zaki nutq va yozma nutq (1 soat).
Nutq, nutqning og‘zaki va yozma shakllari.
49-mavzu. Og‘zaki nutq va yozma nutq (1 soat).
Og‘zaki nutqning tovushlarga asoslangan bo‘lishi. Yozma nutqning harfiy
ifodalar bilan shakllantirilishi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, gaplarning
mazmun jihatdan aloqador bo‘lishi.
50-51-mavzular. Gap (2 soat).
Gap. Gapning so‘zlardan tuzilishi, uning bosh harf bilan yozilishi va oxiriga
tinish belgilarining qo‘yilishi.
52-mavzu. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (1 soat).
Gapning oxiriga nuqta, so‘roq, undov belgilarining qo‘yilishi; gapning kim
yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zni aniqlash.
53-mavzu. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (1 soat).
Rasmlarga qarab gap tuzish va yozish; savol-javob gaplar; savol-javob
tuzilishidagi matnlarning yozilishi; nutq odobi.
Nazorat ishi (1 soat).
54-55-mavzular. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (2 soat).
Xabar mazmunini, so‘roq mazmunini bildirgan gaplar, ularni mazmuniga
ko‘ra farqlash, gapning oxiriga mazmuniga mos tinish belgilarni, ya’ni nuqta va
so‘roq belgilarni qo‘yish.
56-57-mavzular. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (2 soat).
Xabar mazmunini, so‘roq mazmunini bildirgan gaplar, kishilarning his-
hayajonini bildirgan gaplar, ularni mazmuniga ko‘ra farqlash, gapning oxiriga
mazmuniga mos tinish belgilarni, ya’ni nuqta, so‘roq va undov belgilarni qo‘yish.
Gapdan kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lgan so‘zlarni aniqlash.
|
| |