Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, va-zifalari va metodlari




Download 238 Kb.
bet6/8
Sana20.11.2023
Hajmi238 Kb.
#102174
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu Ishlanma
27 I bob maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari
3. Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, va-zifalari va metodlari. Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) tuyg’usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning a’zosi sifatida uning sha’ni, obro‘-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur.
«Vatan atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini bildiradi, Vatan tushunchasi ken va tor ma’noda qo‘llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir»11.
Vatanparvarlik shaxsning o‘zi mansub bo‘lgan millat, tug’ilib o‘sgan vatani tarixidan g’ururlanishi, buguni to‘g’risida qayg’urishi hamda uning porloq istiqboliga bo‘lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat sanaladi.
Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi:

  1. Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.

  2. O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.

  3. Vatan va millat tarixidan g’ururlanish.

  4. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g’amxurlik qilish.

  5. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.

  6. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.

  7. Vatan va millat obro‘i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.

  8. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o‘rtasida, aro, «natio» – xalq) o‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat qilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlardan biridir.

O‘quvchilar o‘rtasida vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasi ularga oid mavzularda suhbat, davra suhbati, matbuot konferantsiyasi, viktorina, uchrashuv, ko‘rik-tanlov, bahs-munozaralar tashkil etish kabi shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, muzeylarga ekskursiyalar uyushtirish, vatanparvarlik va baynalminallik mavzularida yaratilgan asarlar mazmunini birgalikda o‘rganish, kinofilьmlar tomosha qilish ham o‘zining ijobiy natijasini beradi.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.


Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi yoshlarni vatan himoyasi hamda harbiy mudofaaga tayyorlash, ularda favqulotda holatlarda harbiy mudofaani tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, mazkur jarayonda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

    1. o‘quvchilarga fuqaro mudofaasi hamda harbiy bilim asoslarini bo‘yicha dastlabki nazariy bilimlarni berish va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish;

    2. o‘quvchilarni milliy mustaqillik, O‘zbekiston Respublikasining davlat qurilishi hamda konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi uyushtiriluvchi tahdidlarning oldini olishga tayyorlash;

    3. o‘quvchilarda g’oyaviy onglilikni tarbiyalash asosida, ularda terrorizm va diniy ekstremistik g’oyalarga qarshi nafrat tuyg’usini tarbiyalash;

    4. o‘quvchilarning vatan himoyasini ta’minlash borasidagi harbiy-texnik tayyorgarlikka ega bo‘lishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;

    5. o‘quvchilarda favqulotda vaziyatlarda tegishli chora-tadbirlarni ko‘ra olish, shuningdek, qurolli hurujlardan himoyalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

    6. ularda hushyorlikni oshirish va hokazolar.

Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini tashkil etishda ta’lim muassasalarida o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilgan boshlang’ich harbiy tayyorgarlik mashg’ulotlari muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘rtasida bht (boshlang’ich harbiy ta’lim o‘quv fani) bo‘yicha o‘zlashtirilgan nazariy va amaliy bilimlarni namoyish etish imkonini beruvchi musobaqaning tashkil etilishi bu borada ijobiy natija bera oladi. o‘qituvchi rahbarligida «shon-shuhrat» muzeylariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar ham o‘quvchilarda harbiy–vatanparvarlik tuyg’usini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Download 238 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 238 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vatanparvarlik va baynalminallik tarbiyasining maqsad, va-zifalari va metodlari

Download 238 Kb.