Umumiy pedagogika




Download 238 Kb.
bet5/8
Sana20.11.2023
Hajmi238 Kb.
#102174
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-mavzu Ishlanma
27 I bob maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari
Faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor me’yorlarini shakllantirish (mashq) metodlari: mashq, pedagogik talab, ijtimoiy fikr, topshiriq, tarbiyalovchi vaziyat.
Mashq va o‘rgatish metodlari muayyan mashq yordamida bolalar faoliyatini oqilona, maqsadga muvofiq va har tomonlama puxta tashkil qilish, ularni axloq me’yorlari va xulq-atvor qoidalarini bajarishga odatlantirishdir. Odatlar bolalikdan tarkib topadi va shaxs rivojlanishining keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
O‘qituvchi hamda ota-onalar bolalarda ijobiy odatlarning tarbiyalanib borayotganligini kuzatib borishlari kerak. O‘quvchilar odatlarni o‘z yaqinlaridan meros qilib olmaydi, balki ular atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli taqlid qilish, uzluksiz tarbiyani yo‘lga qo‘yish asosida tarkib toptiriladi. Natijada odat xarakterga aylanadi.
Mashq muayyan xatti-harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashni o‘z ichiga oladi. Mashq va odatlantirish o‘quvchi uchun ongli, tjobiy jarayondir. Mashq natijasini ko‘nikma, odat, yangi bilimlar hosil qilinadi, o‘quvchining aqliy qobiliyati rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi.
O‘rgatish tarbiyalanuvchilar ijtimoiy xulq-atvor ko‘nikmalari, odatlarini shakllantirish maqsadida rejali va izchil tashkil qilinadigan turli harakatlar, amaliy ishlardir.
Topshiriq o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. O‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa bo‘lib bajarishlari ularda ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. O‘quvchilar o‘z kuchlarini umum ishiga sarflashga, jamoa uchun mas’uliyatni his etishga o‘rganadilar, mehnat qilish o‘quvchilarning harakatlarini shakllantiradi, mustahkamlaydi.
Pedagogik talab turli xatti-harakatlarni bajarish hamda faoliyatda ishtirok etish jarayonida o‘quvchi tomonidan amal qilinishi zarur bo‘lgan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlari. Pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. Pedagogik talab ma’lum harakatlarni rag‘batlantiruvchi yoki to‘xtatuvchi hamda o‘quvchini oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin.
Faoliyatni rag‘batlash va motivatsiyalash metodlari: rag‘batlantirish, tanbeh berish, uyaltirish.
Rag‘batlantirish tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-quvvatlash usulidir. O‘qituvchi har bir o‘quvchi shaxsida ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlarni anglash olishi zarur.
Tanbeh berish - eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi o‘quvchiga yuzma-yuz turib tanbeh beradi, buni kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Uyaltirish - o‘quvchining ma’lum xatti-harakatlariga jamoa yoki uning tarbiya uchun mas’ul bo‘lgan subyektlar (ota-onalar, vasiylar, jamoatchilik vakillari va boshqalar) oldida baho berish. Odamning eng nozik sezgilaridan biri uyat, or-nomus va sharm- hayodir. Odamda insonda izzat-nafs, odamiylik qancha kuchli bo‘lsa, avvalo, o‘zini hurmat qilsa, unda or-nomus, uyat shunchalik kuchli bo‘ladi. Bolalarni tarbiyalashda shu his-tuyg‘ularni ehtiyotkorlik bilan o‘stirish lozim, lekin hadeb uyaltiraverish va qizirtiraverish yaramaydi. Bundan oqilona va o‘z o‘rnida foydalanish kerak, shundagina ijobiy natijaga umid qilish mumkin.
3.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari. Metodning ijobiy va salbiysi bo‘lmaydi, tarbiya jarayonida ma’lum yo‘lni yuqori darajadagi samarali va samarasiz deya baholash mumkin emas. Metodning samaradorligini u qo‘llanilayotgan sharoit nuqtai nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash bir qator omillarga bog‘ liq:
Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur.
Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘ lash g‘ oyat muhimdir.
Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish.
U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Yosh bu oddiygina qara yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda hai shakllantirish mumkin. Biroq ha8 bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari hai o‘zgarmasdan qiyoiayoayo. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvaffaqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari.
Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularga indivudual va shaxsiy tuzatishlar kiritish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ ziga xosligini saqlashga, o‘ zining «Men»ini ro‘yobga chiqarishga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.
Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir. Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularning birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalga oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar deb ataladi.
Tarbiya vositalari. Tarbiya metodlari tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida yuzaga chiqadigan tarbiya vositalaridan tashkil topadi. Metodlar ular bilan mustahkam bog‘langan va birgalikda qo‘llaniladigan boshqa tarbiya vositalari ham mavjud. Masalan, metodlarni samarali qo‘llash uchun zaruriy yordam beruvchi ko‘rgazmali qurollar, tasviriy san’at asarlari va musiqa san’ati, ommaviy axborot vositalari.
Pedagogik malakani egallaganlik darajasi. Tarbiyachi odatda faqat o‘zi biladigan va qo‘llay oladigan metodlarni tanlab oladi. Ko‘plab metodlar murakkab bo‘lganligi bois, o‘qituvchidan ko‘p kuch ishlatishni talab etadi. Bunday mas’uliyatdan bo‘yin tovlaydigan pedagoglar ularsiz faoliyatni tashkil etishga harakat qiladi. Natija esa turli obrazli, xilma-xil maqsad, vazifa, shart- sharoitlardan kelib chiqib metodlardan foydalanishga qaraganda past samaraga ega bo‘ladi.
Tarbiya vaqti. Qachonki, vaqt kam, maqsad esa katta bo‘lsa, «kuchli harakatga keltiradigan» metodlar qo‘llaniladi, qulay sharoitlarda esa, tarbiyaning «oddiy» metodlaridan foydalaniladi. Tarbiyani «kuchli harakatga keltiradigan» va «oddiy» metodlarga bo‘linishi shartli: birinchisi tanbeh berish va majbur qilish bilan, ikkinchisi nasihat qilish va doimiy o‘rgatish bilan bog‘liq.
Kutiladigan natija. Metodni tanlayotganda, tarbiyachida muvaffaqiyatga erishishga nisbatan ishonch bo‘lishi kerak. Buning uchun qo‘llanilayotgan metod qanday natijaga olib kelishini oldindan ko‘ra bilish kerak.
1.Aqliy tarbiyaning mazmun-mohiyati va komponentlari. Aqliy tarbiya ta’ lim oluvchining intellekti, bilish imkoniyatlarini, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Uning asosiy vazifasi - ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirish. Ularni o‘zlashtirish natijasida dunyoqarash asoslari shakllanishi zarur.
Aqliy tarbiya asosiy vazifasi ta’lim oluvchilarning fan asoslari bo‘yicha bilimlar tizimi bilan qurollantirishdir.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar:

  • belgilangan hajmdagi ilmiy bilimlarni egallash;

  • dunyoqarashni shakllantirish;

  • aql kuchi, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirish;

  • shaxs salohiyati imkoniyatlarini rivojlantirish;

  • bilish faoliyatini shakllantirish;

  • doimiy ravishda o‘z bilimlarini to‘ldirish, umumta’limiy tayyorgarlik darajasini oshirish ehtiyojlarini rivojlantirish;

  • ta’lim oluvchilarni bilish faoliyati metodlari bilan qurollantirish;

  • fikrlash qobiliyati, ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish. Agar inson odamlar orasida ijtimoiy muhitda yashar ekan, uning

aqliy taraqqiyoti, intellekti haqida gapirishga to‘g‘ri keladi. Bu esa uning jismoniy taraqqiyoti uchun ham muhim.
Aqliy rivojlanish deganda hayotiy ta’sir etish va oqibatlarning barcha miqdoriy imkoniyatlari natijasida kelib chiqadigan aql kuchi va fikrlashning rivojlanish jarayonini tushunish mumkin.
Aqliy rivojlanishning nima ekanligini aniqlash uchun “fikrlash” va “aql kuchi” tushunchalariga to‘xtalish lozim bo‘ladi.
Amaliy tajribamimizda fikr so‘zini juda ko‘p uchratamiz. Oddiy qilib aytganda, ob’ ektiv olamdagi voqea-hodisalarni ongimizga ta’sir etishi na-tijasida hosil bo‘lgan tuyg‘u fikr deb ataladi. Uning tub mohiyati shunda-ki, fikrimiz orqali biz ko‘zimiz bevosita ilg‘amayotgan, ko‘z o‘ngimizda bo‘l-magan, bo‘lgan taqdirda ham o‘sha narsaning ichki xususiyatiga aloqador bo‘lgan «sirli» jihatalarini ko‘rish imkoniga ega bo‘lamiz.
Fikrlash esa, shaxs bilish faoliyati jarayoni bo‘lib, voqelikni bevosita va umumlashgan holda aks ettirish bilan xarakterlanadi. Boshqacha aytganda, u aqliy faoliyat mahsuli. Eng qizig‘i fikrlash merosiy tushuncha, u barcha inchonlarga xos. Falsafiy, pedagogik, psixologiyk adabiyotlarda fikrlashning 20 dan ortiq turlari ajratib ko‘rsatiladi: mantiqiy; abstrakt(mavhum); umumlashgan; nazariy;
texnik; reproduktiv; ijodiy(produktiv); tizimli; kategorial; induktiv; deduktiv; algoritmik; tanqidiy; mustaqil va boshqalar.
Aqliy rivojlanish - inson psixikasining individual o‘ziga xosliklaridan, u yashayotgan ijtimoiy-tarixiy sharoitlar bilan bog‘liqlikda hayotiy tajribalarni oshib borishi va uning yoshi bilan aloqadorlikdagi intellektual faoliyatidan kelib chiqadigan miqdoriy va sifat o‘zgarishlarining murakkab dinamik tizimi. Insoniyat tajribasini qanchalik o‘zlashtirganlik aqliy rivojlanishda hal qiluvchi omil sifatida aks etadi. Amaliy bilimlar zahirasi aqliy rivojlanishning tuzilishiga kiruvchi tarkibiy qismlardan biri sifatida qaralishi kerak.
Amaliy bilimlar zahirasi bilan bir qatorda aqliy rivojlanishning tuzilishida ta’lim olganlik o‘z aksini topadi. Ta’lim olganlik - bu aql sifatini shakllantiruvchi shaxs intellektual xususiyatlarining tizimi.
Aqlning teranligi inson yangi materialni egallashda mavhumlashtira olishi mumkin bo‘lgan belgilarning muhimligi bosqichi va ularni umumlashganligi darajasida namoyon bo‘ladi.
Aqlning sustligi qarama-qarshilikda: bir qoliplikka, fikrlashdagi odatiylikka moyillikda, bir harakatdar tizimidan boshqasiga o‘tishdagi qiyinchilikda namoyon bo‘ladi.
Fikrning moslashuvchanligi maqsadga muvofiq o‘zgaruvchanlikni talab etadi.
Aqlning barqarorligi insonga vazifalarni fikriy hal etish, ularning butun belgilarini xotirada eslab qolishga imkon beradi. Bu sifat tasniflashga oid biror vazifani hal etishda aniq ko‘rinadi.
Fikriy faoliyatning anglanganligi - uning mahsuli sifatida so‘zda ifoda etish imkoniyatida aks etadigan aqlning sifati.
Aqlning mustaqilligi - yangi bilimlarni, vazifalarni hal etishning yangi yo‘llarini faol izlashda namoyon bo‘ladi.
Fikrning tejamkorligi - kam vaqt sarflab etarlicha bilimlarni egallay olishda aks etadi.
2.Fuqarolik tarbiyasining maqsad, vazifalari va metodlari.
Fuqarolik tarbiyasi fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o‘quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat manfaatlari yo‘lida kurashuvchi fuqarolar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon. Fuqarolik tarbiyasining markaziy ob’ekti fuqaro sanaladi.
Fuqaro fuqaroligi huquqiy jihatdan e’tirof etilgan hamda muayyan jamiyat (davlat) a’zosi bo‘lgan shaxsdir.
Fuqarolik esa huquqiy va axloqiy me’yorlarga ongli rioya etish, ma’lum huquqlardan foydalanish hamda burchlarni bajarishga mas’ullik bilan yondoshuv, mehnat jarayoni va jamoadagi faollik, ma’naviy yetuklik asosida muayyan davlatga mansublik.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari tizimini quyidagilar tashkil etadi:

  1. Yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy me’yorlarga rioya etishga o‘rgatib borish.

  2. O‘quvchilarga fuqarolik huquq va burchlari to‘g’risida ma’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tashkil etish borasida ko‘nikma va malakalar hosil qilish.

  3. O‘quvchilarda davlat ramzlariga nisbatan hurmat va muhabbatni qaror toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya qilishga tayyorlik hissini shakllantirish.

  4. O‘quvchilarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlarga nisbatan muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ulardan g’ururlanish, faxrlanish va iftixor hislarini oshirish.

  5. Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt manfaatlari bilan uyg’unlashtira olishga erishish, fidoiy fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish.

  6. Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoqlovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga keng jamoatchilik e’tiborini jalb etish.

Fuqarolarning burchlari quyidagilardan iboratdir: fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarda ko‘zda tutilgan talablarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni, qadr-qimmatini hurmat qilish; O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy-madaniy merosini avaylab asrash; fuqarolar tabiiy atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; qonunlar bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig’imlarni to‘lash; O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish. Yuqorida qayd etilgan burchlarni bajarish O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi sanaluvchi har bir kishining muqaddas burchidir.
O‘quvchilarni fuqarolik ruhida, tarbiyalashda davlat ramzlarining ahamiyati. Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g’oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog’i, gerbi (tamg’asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g’oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g’oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar – bu shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
Fuqarolik tarbiyasini tashkil etish uchun ma’lum shart-sharoitlarning mavjudligi taqozo etiladi. Bular:

  1. o‘quv yurtida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni yuksak darajada uyushtirilishi kerak;

  2. fuqarolik tarbiyasini tashkil etish jarayonining muvaffaqiyati o‘qituvchi va o‘quvchilar jamoasining saviyasiga bog’liq;

  3. tarbiyaviy ishning rejali, uzluksiz, tizimli bo‘lishiga erishish;

  4. oila, maktab va mahalla o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuzaga kelishi fuqarolik tarbiyasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi;

  5. o‘quvchilarning axloqiy va huquqiy me’yorlar, umumiy tartibga qat’iy rioya etishga o‘rgatish, zimmasidagi burchni to‘laqonli ado etishlariga e’tiborni qaratish.

Fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda suhbat, munozara, ma’ruza, bahslardan foydalanish, mashq, test, anketa savollarga javoblar olish kutilgan natijani qo‘lga kiritishga imkon beradi.
Fuqarolik tarbiyasida uning natijasini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi asos qilib olinadi. Ushbu maqsadda diagnostik (tashhis qo‘yish), statistik va qiyosiy tahlil tahlilni olib borish lozim.
Ijtimoiy fuqarolik tarbiyasining tashkil etilishi natijasida kamol topgan fuqaro o‘zida quyidagi sifatlarni namoyon eta olishi lozim:

  • fuqarolik burchini bajara olish (o‘z Vatani, xalqi, ota-onasi oldidagi majburiyatni his eta olish) qobiliyatiga egalik;

  • milliy g’urur va vatanparvarlik tuyg’usiga ega bo‘lish;

  • davlat Konstitutsiyasi, davlat hokimiyati organlari, mamlakat Prezidenti hamda davlat ramzlari (gerb, bayroq va madhiya)ga nisbatan hurmatda bo‘lish;

  • mamlakat taqdiri va istiqboli uchun javobgarlik, mas’ullik;

  • ijtimoiy huquqiy hamda axloqiy me’yorlarga nisbatan hurmat va itoatda bo‘lish;

  • mamlakat milliy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish haqida qayg’urish;

  • davlat tili, milliy madaniyat va an’analarga sodiq, ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, ularni asrash;

  • ijtimoiy faollik;

  • demokratik tamoyillarga amal qilish;

  • tabiatga nisbatan ehtiyotkorona va mas’uliyatli munosabatda bo‘lish;

  • fuqarolarning huquq va burchlarini hurmat qilish;

  • huquqiy ong va fuqarolik madaniyatiga ega bo‘lish;

  • to‘g’ri so‘z, adolatli, muruvvatli, mehribon bo‘lmish;

  • o‘z faoliyati va xatti-harakatiga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish;

  • baynalminallik, o‘zga mamlakatlarning xalqlariga nisbatan hurmatda bo‘lish va boshqalar.


Download 238 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 238 Kb.