• 6-mavzu: “Tarbiya turlari. Tarbiyaning umumiy metodlari ” Reja
  • Tayanch tushunchalar
  • -bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)




    Download 238 Kb.
    bet3/8
    Sana20.11.2023
    Hajmi238 Kb.
    #102174
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    6-mavzu Ishlanma
    27 I bob maktabgacha ta’lim muassasalarining ish hujjatlari
    3-bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)
    (10 minut)

    3.1. Talabalarning mavzu yuzasidan savollarga javob beradi.

    O’zlarni qiziqtirgan savollar bilan murojaat etadilar

      1. Aniq tasavvurlar shakllanmagan qismlarini qayta tushuntiradi. Uyga vazifa beriladi.




    O’z fikrlarini boyitadi va to’ldiradi.


    6-mavzu: “Tarbiya turlari. Tarbiyaning umumiy metodlari ”
    Reja:
    1. Tarbiya turlarining maqsad, vazifalari.
    2. Aqliy, ahloqiy, jismoniy, estetik, ekologik, iqtisodiy, huquqiy va g’oyaviy-siyosiy tarbiya turlarining mazmun mohiyati.
    3.Tarbiya metodlari haqida tushuncha.
    4.Tarbiya metodlari tasnifi.
    5.Tarbiya metodlarini tanlab olish shartlari.


    Tayanch tushunchalar: Tarbiya, metodlari, tarbiya usullari, ijtimoiy jamiyat, tafakkur, ma’naviy-axloqiy qiyofa, e’tiqod, fuqaro, fuqarolik, fuqarolik tarbiyasi, Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq), vatanparvarlik, baynalminallik, Huquqiy tarbiya, axloq, ma’naviyat, tarbiya, ma’naviy axloqiy tarbiya, ma’naviy-axloqiy tushunchalar, ma-naviy-axloqiy xulq-atvor, ma’naviy-axloqiy tarbiya metodlari, oila, jamiyat, taraqqiyot, fuqarolik jamiyati, huquq, majburiyat, qonun, ijtimoiy institut, ma’naviyat, madaniyat, tarbiya, ta’lim,nikoh,burch, vazifa, ko‘nikma, bilim, ma’suliyat, kommunikativlilik, motivatsiya,mehnat, mehnat tarbiyasi, mehnat turlari, jismoniy tarbiya, jismoniy yetuklik, jismoniy tarbiya vositalari, estetika, estetik tarbiya, astetik madaniyat.

    Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Muammoli pedagogik vaziyatlar


    To‘rtinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar narsalar yo‘qola boshladi. Bir kuni sinfdagi qizchaning bosh kiyimi yo‘qoldi. O‘qituvchi topilmalar byurosining faoliyati haqida gapirib berdi. Bolalar topib olingan narsalar qaytarib berilishi to‘g‘risidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.
    O‘qituvchi qanday tarbiya metodini qo‘llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog‘liq? Har doim ham ushbu metod samara beradimi?
    O‘qituvchi quyidagicha hikoya qiladi: O‘g‘lim (8 yosh) qorong‘idan va balandlikdan qo‘rqadi. Men imkon boricha uni ko‘proq ana shu qo‘rquvni yenga oladigan sharoitga qo‘yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun xovliga, goho go‘yo esidan chiqqan narsani olib kelish uchun qorong‘u xonaga yuboraman.
    O‘yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, “Daraxtning anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini” deyman.
    O‘qituvchi to‘g‘ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali?
    Dars boshlanishidan oldin o‘qituvchi yerda g‘ijimlangan qog‘oz parchasi yotganini ko‘rib, bir o‘quvchiga “qog‘ozni ol”, deb murojat qildi. O‘sha o‘quvchi sekin partadan turib “men tashlamaganman, nega olarkanman” deb, yana joyiga o‘tirdi.
    O‘qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta’sirlanishi qanday bo‘ladi va bu nimaga bog‘liq?
    Ko‘p bolali oilaning otasi mamnun bo‘lib hikoya qiladi: yer ag‘darish biz uchun hech gap emas. 1-2 kg konfet, pechene sotib olib kelamanda, qani bolalar bu sizlarga, lekin oldin yerni chopib beringlar, deyman.
    -Bolalar konfetsiz yer ag‘darishmaydimi, - so‘radik biz.
    -Uncha tirishib ishlashmaydi-da, - tushuntirdi ota.
    Ota qo‘llagan rag‘batlantirish usuliga qanday baho berasiz?
    4-sinf o‘quvchisining onasi hikoya qiladi: Avvalari o‘g‘limning hamma ishi joyida edi. Men ishlamasdim, unga ko‘p vaqt ajratdim. Ishga kirganimdan so‘ng ”ikki baholar” ola boshladi. Kechqurun darsini tekshirsam, topshiriqlarning bir qismi bajarilmagan, bajarilgani esa iflos, tushunarsiz bo‘lgani uchun uni qayta ko‘chirish kerak. Lekin qachon ulguradi. Uxlash vaqti bo‘lib qolardi.
    Ota-onaning xatosi nimada. Siz qanday yo‘l tutardingiz?
    Tarbiya metodlari haqida tushuncha. Tarbiya metodi (yunoncha «metodos» - yo‘l) tarbiya maqsadiga erishishning yo‘li. Tarbiya amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar - bu tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
    Tarbiya metodlari tarbiyalanuvchilarning ongi, irodasi, tuyg‘ulari va xulqiga ta’sir etish usullari yig‘indisidir.
    Tarbiya usullari - umumiy metodning bir qismi, alohida harakati, yanada aniqlashuvi. Obrazli aytganda, usullar - bu qo‘yilgan maqsadga tezroq erishish uchun tarbiyachi o‘ zining tarbiyalanuvchilari bilan yo‘l ochadigan o‘rganilmagan so‘qmoq. Agar uni boshqa tarbiyachilar ham foydalana boshlasa, u holda asta-sekin usullar keng ustunli yo‘llar - metodlarga aylanishi mumkin.

    Download 238 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 238 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bosqich. Yakuniy (Fikrlash bosqichi)

    Download 238 Kb.