• Ba’zi bir riboflavin sintez qiladigan mikroorganizmlar. Mikroorganizm-produsent
  • Eremothecium ashbyii
  • Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»




    Download 3.27 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/109
    Sana22.02.2022
    Hajmi3.27 Mb.
    #17966
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109
    Bog'liq
    majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021
    15-99 Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish, «Uzbek Leasing International A.O.» AJ QK, Mahmudov Mustaqil ish, -Turizm INFRATUZILMA.2020-, carec-tourism-strategy-2030-ru, 157-162 (2)
    B
    2
    -vitamini 
    B
    2
    − vitamini (riboflavin) - xujayra nafas olishi, oqsillar va yog‘lar sintezida, 
    asab tizimining xolatini boshqarish, buyrak funksiyasida ishtirok etadigan ko‘pgina 
    fermentlar tarkibiga kiradi. Uning etishmasligi oqibatida ko‘pincha o‘sish 
    sekinlashib, oqsillar almashinishi buziladi. B2 − vitaminiga kunlik talab, jo‘jalar 
    uchun 1 t oziqaga 3-4 grammni (kristall xolatdagi preparat), cho‘chqalar uchun esa 
    100 kg tirik vazniga 10-15 mg ni tashkil etadi. B
    2
    vitaminini etarli miqdorda 
    mikroskopik zamburug‘lar, bakteriya va ba’zi bir achitqi turlari sintez qiladidar (2.1-
    jadval). 
    2.1-jadval. 
    Ba’zi bir riboflavin sintez qiladigan mikroorganizmlar. 
    Mikroorganizm-produsent 
    Riboflavin chiqishi, mg/l 
    Clostridium acetobutylicum
    97 


    Mycobacterium smegmatis
    58 
    Mycocandida riboflavina
    200 
    Candida flaveri
    567 
    Eremothecium ashbyii
    2480 
    Ashbyii gossypii
    6420 
    B
    2
    − vitaminini bir qadar maxsuldor sintez qiladigan mikroskopik 
    zamburug‘ Eremothecium ashbyii bo‘lib, kultural suyuqlikdagi 1 g quruq moddada 
    6000 mkg gacha riboflavin xosil qiladi. Oziqa preparati bo‘lgan B
    2
    − vitaminini 
    ishlab chiqarining mikrobiologik texnologiyasi juda oddiy bo‘lib, u quyidagi 
    bosqichlardan iborat: 
    *Ekish materiali olish; 
    *Fermentasiya; 
    *Kultural suyuqlikni bug‘lantirish; Konsentratni quritish. 


    Mikroorganizm produsent sifatida ko‘pincha Eremothecium ashbyii 
    mikroskopik zamburug‘i qo‘llaniladi. Oziqa muxiti tarkibini 1-3% uglevodlar 
    (glyukoza qiyomi, melassa yoki gidrol), 3-8% makkajo‘xori ekstrakti yoki achitqi 
    avtolizati, azot manbasi (ammoniy nitrat), mikroelementlar, ba’zi bir vitaminlar va 
    aminokislotalar tashkil etadi. 
    Kulturalarni fermentyorlarda suyuq oziqa muxitida o‘stirish, 28-30
    0

    xaroratda, doimiy aralashtirish va aerasiyada 80-84 soat davomida olib boriladi. 
    Fermentasiya tugagach kulütural suyuqlikka issiqlik bilan ishlov beriladi va vakuum 
    ostida bug‘lantiriladi, bunda quruq modda 30-40% namlik saqlashi lozim. 
    Bug‘lantirilgan konsentrat purkab quritgich moslamada quritiladi. Oziqa preparati 
    bo‘lgan B
    2
    vitamini to‘qsariq-qoramtir rangda bo‘lib, namligi 10% dan ko‘p 
    bo‘lmaydi. Tayyor preparat tarkibida 10 mg/g dan kam bo‘lmagan B
    2
    −vitamini, 
    shuningdek, boshqa B gurux vitaminlarini (B
    1
    , B
    3
    , B
    6
    , B
    12
    ) va nikotin kislotasini 
    saqlaydi. 

    Download 3.27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   109




    Download 3.27 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»

    Download 3.27 Mb.
    Pdf ko'rish