• Tayanch atamalar
  • A.shibya gossypii
  • Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»




    Download 3.27 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/109
    Sana22.02.2022
    Hajmi3.27 Mb.
    #17966
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
    Bog'liq
    majmua Sanoat mikrobiologiyasi 2021
    15-99 Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish, «Uzbek Leasing International A.O.» AJ QK, Mahmudov Mustaqil ish, -Turizm INFRATUZILMA.2020-, carec-tourism-strategy-2030-ru, 157-162 (2)
    MA’RUZA № 2 
    Mavzu: Oziqa vitaminlari va antibiotiklar ishlab chiqarish. B
    2
     (riboflavin) 
    ishlab chiqarish. 
    Reja: 
    1. Vitaminlarning kimyoviy tuzilishi. 
    2. B
    2
    (riboflavin) ishlab chiqarish. 
    Tayanch atamalar: vitamin, riboflavin, zamburug’, bacillus 
    Vitaminlarning kimyoviy tuzilishi 
    Vitaminlar xar xil kimyoviy tuzilishiga ega biologik aktiv moddalar bo‘lib, 
    ular tirik organizmning xayot faoliyatini ta’minlashda muxim rol o`ynaydi. 
    Vitaminlarning biologik faolligi shu bilan belgilanadiki, ular faol guruxlar 
    sifatidafermentlarning katalitik markazi tarkibiga kiradi. Bu moddalar etishmasligi 
    oqibatidafermentlar faolligi pasayadi, natijada belgilangan fermentlar ishtirokida 
    kechadiganbiokimyoviy jarayonlar pasayadi yoki butunlay to‘xtaydi. Bu esa 
    organizmlardavitaminlar etishmasligi oqibatida jiddiy kasalliklar kelib chiqishiga 
    sabab bo‘ladi. Ma’lumki, inson va xayvon organizmlari vitaminlar sintez qilish 
    qobiliyatiga egaemas, lekin o‘simliklar esa qulay sharoitda o‘zining vitaminga 
    bo‘lgan extiyojinito‘liq qoplash xususiyatiga ega (vitamin B
    12
    dan tashqari). 
    Mikroorganizlar xamo‘zlari uchun zarur bo‘lgan vitaminlarning ko‘pchiligini 
    o‘zlari sintez qilishqobiliyatiga egadirlar. SHulardan ko‘rinib turibdiki, o‘simlik 
    vamikroorganizmlarning ishlab chiqargan maxsulotlari inson va xayvonlar 
    uchunvitaminlar manbai xisoblanadi. 
    Mikrobiologiya sanoatida ikki xil oziqa vitamin preparatlari ishlab 
    chiqariladi. Tarkibida B
    2
    vitamini bo‘lgan oziqa riboflavini va tarkibida B
    12
    vitamini 
    bo‘lgan KMB-12 preparati. Vitaminlar organik birikmalar bo‘lib, ularning tirik 
    organizmlar xayot kechirishlari uchun axamiyati beqiyosdir.Oziq ovqat maxsulotlari 


    tarkibidagi vitaminlarni miqdori juda kam bo‘lganliklari (100 gramm ozuqa 
    maxsulotlari tarkibida bor yo‘g‘i 10−100 mg uchraydi, xalos),xamda tez parchalanib 
    ketishlarini e’tiborga olib ularga vitaminlar qo‘shib turishtavsiya etiladi. SHuning 
    uchun xam vitaminlarni sanoat sharoitida ishlab chiqarishallaqachonlar yo‘lga 
    qo‘yilgan. SHuni xam ta’kidlab o‘tish lozimki, vitaminlar ishlab chiqarishni 
    ananaviyusullari, katta xajmdagi maxsulotlarni qayta ishlashga yoki kimyoviy 
    yo‘llargaasoslangan bo‘lib, iqtisodiy kam rentabellik soxa xisoblanadi. Keyingi 
    davrda (o‘tganasrning 4-choraklaridan boshlab) vitaminlar ishlab - chiqarishni 
    rentabellik ya’nimikrobiologik asosga qo‘yishga kirishildi. 
    Genetik monipulyasiya (metabolizmni boshqarishga ta’sir etish orqali) 
    yordamida, o‘sishi uchun zarur bo‘lgan miqdoridan 10000 va undan xam ko‘proq 
    miqdordavitaminlar xosil qilish imkoniyatiga ega bo‘lgan mikrorganizmlar 
    shtammlariyaratildi. Riboflavin sintez qiluvchi A.shibya gossypii, B
    12
    vitamini 
    sintez qiluvchi Bacillus subtilis shtammlari shular jumlasidandir. 
    Yaponiyada kuchli antioksidantlar sifatida ishlatilib kelinayotgan, askorbin 
    kislotasini (S vitamin) xosilasi - askorbil-2- fosfat ishlab chiqarishning 
    mikrobiologik texnologiyasi yaratildi. Ma’lumki, B
    2
    va B
    12
    vitaminlari faqatgina 
    tibbiyotda emas, balki bu vitaminlarni mikrobiologik usulda olinganlari xayvonlar 
    ozuqasini boyitish uchun xam keng qo‘llaniladi. 
    Vitaminlar - kichik molekulali organik moddalar guruxi, bo‘lib juda past 
    miqdor da kuchli va xilma-xil biologik ta’sir ko‘rsatadi. Tabiatda vitaminlar manbai 
    sifatida asosan o‘simliklar va mikroorganizmlar xizmat qiladi. Menaxinonlar va 
    kobalaminlar faqat mikroorganizmlar tomonidan sintezlanadi. Ishlab chiqarish da 
    ko‘plab vitaminlarni kimyoviy sintezlash yo‘li bilan olish oldingi o‘rinni egallasa 
    xam, mikrobiologik usul xam katta amaliy axamiyatga ega. Mikrobiologik yo‘l bilan 
    ergosterin, vitamin B
    12
    olinadi. 
    Bundan tashqari mikroorganizmlar sorbitni sarbozaga aylantirishda selektiv 
    oksidlovchi sifatida foydalaniladi (vitamin S olishda), shunga o‘xshash vitamin 


    konsentratlari 
    ishlab 
    chiqarish 
    uchun 
    (vitamin 
    B
    2

    karotinoidlar) 
    mikroorganizmlardan foydalaniladi. Tovuqlar va cho‘chqalar ozuqasida foydalanish 
    uchun biotinni xam mikrobiologik yo‘l bilan olish istiqbollidir. Dunyoda vitamin 
    ishlab chiqaruvchi 40 ta katta sanoat ustqurmasi mavjud. SHundan 18 tasi AqSH da, 
    8 tasi Yaponiyada, 14 tasi G‘arbiy Evropada. Vitamin ishlab chiqarishda etakchi 
    o‘rinni Shvesariya konserni Hoffman La Roche egallaydi, xamma vitaminlarning 
    50-70% ini ishlab chiqaradi. Vitaminlar xossasi, ularni olish va qo‘llash 
    masalalarini, B
    2
    va B
    12
    vitaminlari misolida ko‘rib chiqamiz. 

    Download 3.27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




    Download 3.27 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti «biotexnologiya»

    Download 3.27 Mb.
    Pdf ko'rish