Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi: mehnat ta




Download 1.14 Mb.
bet13/14
Sana04.09.2022
Hajmi1.14 Mb.
#25580
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi
Brauzerlar haqida Google Chrome, Opera, Firefox va boshqala haqida, мат с геогеброй-1-61, david-goes-school-storia-tg, 11. Бошқарувда назорат тушунчаси, назоратнинг мазмуни, моҳияти ва турлари., Qoraqalpoq maqola 2022, Adabiyotlar, 16.06.2022, 10.6, 2117 25.06.2010, Bayonnoma ko\'chirma, [Untitled], investitsiya Norqulov, “Matn tilshunosligi” kursining matn nazariyasi va matnni lingvistik, 228-Bekmirzaeva Xilola BMI
III. XULOSA
Maktablarda ta`lim olayotgan o’quvchilarga o`rgatish jarayonida ularning faoliyatini aktivlashtirish, fikrlash qobiliyatlarini o`stirish hamda amaliy tayyorgarligini amalga oshirish haqidagi masalalarga respublikamiz mustaqillikka erishgandan boshlab katta e`tibor qaratilib kelinmoqda. Jumladan, asosiy buyum andazalarini chiqarish, tayyorlangan chizma va andozalarni tahlil qilishda oid mashg`ulotlarining optimallashtirish hamda ishlab chiqarish jarayoniga yaqinlashtirish bo`yicha davlat ta`lim standartlari asosida juda ko`plab o`zgartirishlar kiritildi. Bu o`zgartirishlar rivojlangan mamlakatlarning pedagogika sohasidagi tajribalarini, to`plagan bilimlarini va erishgan yutuqlarini har tomonlama muhokama qilish va hozirgi zamonaviy texnologiya yutuqlarining ta`siri natijasiga ko`ra amalga oshirilayotgan ishlardir.
Yuqoridagi fikrlar asosida va bitiru malakaviy ishning mavzusiga oid adabiyotlarning tahlili va ilmiy izlanish natijasida quyidagi masalalarni hal qilishga harakat qilindi:
1. Mashg`ulotlarni tashkil etish talablarini ishlab chiqildi;
2. Izlanish jarayonida quyidagi gipoteza aniqlandi. Talabalarning mashg`ulotlar jarayonidagi faoliyat samaradorligi yanada ortadi, agar talabalarni unumla mehnatga jalb etilsa.
Izlanishlar shuni ko`rsatadiki, chizma va andozalarni tahlil qilishni o`rganish jarayonini jamoa bo`lib muhokama qilish, har bir talaba o`zi ko`rgan fasonlarni hamda uni tashkil qilgan qismlarni tuzilishini tushuntirib berishi, ularning afzalliklari va kamchiliklarini bilgan holda foydalanish samarali hisoblanadi.
Mashg`ulotlarda o`quv maqsadlari uchun ma`lumotlarga ega bo`lgan xujjatlardan foydalanish, chizma va andozalarni yanada takomillashtirish, turli xil chizma va andozalarni tahlil qilishda bajarish tajribalaridan foydalanish kabi metodlarni qo`llash, talabalarni bilimlarini va dunyoqarashlarini rivojlanishiga asos bo`ladi.
Mashg`ulotlarda talabalarga o`rgatish jarayonida ularning tushuna olish qobiliyatlarini, bilim olish darajasini aniq belgilash uchun o`qituvchi psixologik bilimga ham ega bo`lishi kerak. O`quv jarayonini talabalarni har tomonlama o`sishi uchun qo`llash kerak. O`qitish degani, bu bir vaqtning o`zida ham bilimlar berish bilan birga Talabalarni o`ylashga, fikrlashga ham o`rgatish demakdir. YA`ni zamonaviy o`qish va o`qitish jarayonlari o`qituvchi va har bir talaba o`rtasidagi alohida muloqatdan iboratdir. SHu jumladan, «Yangi pedagogik texnologiya» deganda, o`qituvchi va talabaning bevosita o`zaro bog`lanishlarini talaba ongiga ta`sir ko`rsata olishlari o`z aksini topishi deb tushiniladi.
Talabalarni tinimsiz izlanishlari, o`zlari uchun qonunlarni ochishi bilan birga bilim cho`qqilarini egallab borishlariga bog`liqdir. Buning uchun talabalarni o`qishga bo`lgan munosabatini yaxshilash, ularni qiyinchiliklarni engishga o`rgatish va ijodkorlik tasavvurlari, o`y-fikrlarini takomillashtirish zarur. O`quv materialini sodda eslab qolish, talabalarni ijodiy fikrlash aktivligi, ularni mustaqil bilim olishga yo`llash va talabalar imkoniyatlarini o`qish jarayonida kengaytirib borish demakdir. Chizma va andozalarni tahlil qilish uchun zaruriy aqliy harakat uslublarini o`rganish, talabalarni o`quv ijodkorligini maksimal darajada aktivlashtirishdagi, o`rganishning usul va uslublarini keng qo`llanishi, shuningdek, ularni o`ylash mustaqil ishlash hamda sinfdan tashqari ishlarni bajarishga o`rgatishdan iboratdir.
Bugun biz har tamonlama mukammal darajada bo`lgan kadrlarni tayyorlashdan oldin, o`zimiz mukammal darajada tayyor bo`lishimiz kerak. Hamda o`z shogirdlarimizni zamon bilan hamnafas holda tarbiyalay olishimiz lozim. CHunki hozirgi asrimiz texnika va texnologiya asri bo`lib, rivojlana bormoqda. Albatta bu sohada ko`plab yangiliklarni yaratishimiz lozim. Bu albatta mustaqil yurtimizning o`z mustaqil fikriga ega bo`lgan farzandlarini qo`lidan keladi.(3)
Bitiruv malakaviy ish mashg`ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o`rgatishda, didaktik hamda metodologik vositalardan biri bo`lib xizmat qiladi.



Download 1.14 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 1.14 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti maxsus sirtqi: mehnat ta

Download 1.14 Mb.