• O‟zbekistonning go‟shtdor-serjun
  • Edilbay zotli qo‟ylar
  • Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet167/274
    Sana23.02.2023
    Hajmi10.16 Mb.
    #43313
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   274
    Bog'liq
    2-TOM NAMMTI YSMKT
    Uslubiy Algoritmlash va dasturlash (tajriba), QXAKT AMALIY USLUBIY, 4 kurs, 3 bob 2, 1- semes, Операциоонная система windows, Шимолий Нишон кони учун газ, UZB OAK JURNALIGA RAHIMOV R .2, 1-Амалий иш Техно меню, 4-kurs21 larga , 9-informatika-darslik, 5.52.01.01 kompyetwr injiniringi tayyor bolgan WORD 11, 2.2 reja, 2.2 docx
    Qorako‟l zotli qo‟ylar kelib chiqishi to‘g‘risida har xil farazlar mavjud. 
    Ba‘zilar ushbu zotli qo‘ylar Kichik Osiyoda yaratilgan desa, boshqa olimlarning 
    fikriga ko‘ra, uning vatani O‘zbekiston hududidir. Boshqa olimlarning fikricha, 
    qorako‘l zotli qo‘ylar o‘tmishda tabiiy-tarixiy omillar ta‘sirida paydo bo‘lgan. 
    Bugungi kunda O‘rta Osiyo davlatlarida va Rossiya Federatsiyasida hamda 
    Afg‘oniston, Namibiya, shuningdek, Janubiy Afrika davlatlarida, Eron, Mongoliya 
    va Angolada ham qorako‘l zotli qo‘ylar boqilmoqda. Avstriya, Germaniya, 
    Ruminiya davlatlarida va Argentinada ham qorako‘l qo‘ylar ko‘paytiriladi. 


    387 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    Qorako‘l qo‘ylar rangining xilma-xilligi bilan boshqa qo‘y zotlaridan ajralib 
    turadi. Qora rangli qo‘ylar 75-80%, ko‘k rangli 13-17%, sur rangli qo‘ylar 5-7%, 
    boshqa rangli qo‘ylar 3% ni tashkil etadi. 
    O‟zbekistonning go‟shtdor-serjun (xalq tilida – ―malish‖ qo‘ylar) zot 
    guruhlarini yaratish ishlari 1953-1954 yillardan boshlangan. Yaratilgan duragay 
    zotlarning tusi oq bo‘lib, qalin yarim mayin junli hisoblanadi. 
    Hisor zotli qo‟ylar go‘shtdor dumbali, dag‘al junli qo‘y zotlari bo‘lib, 
    Tojikistonda yaratilgan zotdir. Qo‘ylarning juni asosan quruq va o‘lik junga ega, 
    rangi qo‘ng‘ir, sariq va ba‘zida qora tusdagilari ham uchraydi. Jun mahsuldorligi 
    juda past, qo‘chqorlarniki qirqilganda o‘rtacha 1,2-1,5 kg, sovliqlarniki 2,0 kg ni 
    tashkil qiladi. 
    Edilbay zotli qo‟ylar go‘shtdor-dumbali dag‘al junli qo‘y zotlari hisoblanib, 
    XIX asrda Qozog‘istonda yaratilgan. Qo‘ylarning tusi qo‘ng‘ir va sariq, ba‘zida 
    qora rangdagilari ham uchraydi. Bu zot qo‘ylari juni qirqilganda qo‘chqorlarda 
    3,0-5,0 kg, sovliqlarda 2,3-2,6 kg ni tashkil qiladi.[1],[3],[5] 
    Qo‘ylardan yiliga ikki marta, bahor va kuz mavsumlarida jun qirqib olinadi. 
    Bahorgi qirqib olingan jun xomashyosida mayin tolalar ko‘p bo‘ladi. Mayin 
    (tivitli, merinos) jun xomashyosi to‘qimachilikda yigirishga yaroqliligi sababli 
    qimmatbaho hisoblanadi. Mahalliy qo‘ylardan olinadigan jun dag‘al jun bo‘lib, 
    noto‘qima mato tayyorlashda keng qo‘llaniladi. 
    Asosan jun tolalarining sifat ko‘rsatkichlari uning ingichkaligi va shtapel 
    uzunligi bilan belgilanadi. Ushbu sifat ko‘rsatkichlarini maxsus asbob va uskunalar 
    yordamida aniqlash mumkin. Ammo junni sifatini nazorat qilish hamda qabul 
    qilishda mexanik xossalarini aniqlash maqsadida jun to‘shamasini qo‘lda g‘ijimlab 
    so‘ng uning o‘z holatiga qaytishi bilan tekshirib ko‘riladi. 
    Jun xomashyosini saralash jarayoni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, har bir 
    keltirilgan partiyalarini tiplarga ajratish lozim. Har-xil jun tiplarini qo‘shilib 
    ketishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Junni dastlabki ishlash jarayonini reglament 
    asosida tashkil qilish sifatli jun tolasini tayyorlash bilan bog‘liqdir. Titish-savash 


    388 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish bu, jun xomashyosini bo‘laklarga ajratishdan 
    tashqari tarkibidagi dag‘al tola hamda qiltiqni ham ajratishdan iborat. Titish-savash 
    jarayoni shunisi bilan ahamiyatliki jun tarkibidagi mavjud ifloslik va o‘simlik 
    aralashmalaridan tozalash samaradorligini oshirish imkonini berishi kerak. 
    Jun tolasi belgilangan 5 ta sortga ajratiladi. Tolaning yo‘g‘onligi bo‘yicha 
    junning tavsifi quyidagicha. 
    1-jadval 
    Sortlar 
    Oliy 




    O‘rtacha 
    kvadratik 
    og‘ish 
    8,8-10,1 
    11,4-19,5 
    15,2-24,7 16,9-56,4 
    25,3-56,4 30,3-57,7 
    Yo‘g‘onligi 
    bo‘yicha 
    o‘rtacha 
    22-26 
    33 gacha 
    33,1-37 
    37,1-43 
    43,1-49 
    49 va undan 
    ortiq 
    Junni dastlabki tozalash va titish-savash korxonalarining ish rejimlari 
    jundagi mavjud chiqindi va o‘simlik aralashmalar ulushiga nisbatan tanlanadi. 
    Qo‘ylardan qirqib olinadigan jun xomashyosining sifatli bo‘lishi 
    chorvadorlarga bog‘liqdir. Chunki, boqilayotgan qo‘ylarni saqlash joylari, ozuqasi 
    va boshqa faktorlar jun sifatiga katta ta‘sir qiladi. Jun tolasida yog‘ moddalarini 
    bo‘lishi ularni turli iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda saqlashni talab qiladi. 
    O‘zbekistonda boqiladigan qo‘ylarning zoti qanday bo‘lishidan qat‘iy nazar 
    ulardan olinadigan jun xomashyosi to‘qimachilik sohasida samarali foydalanishga 
    qaratilgan bo‘lishi kerak. 
    Jun yuvishdan avval maxsus uskunalar yordamida titiladi, bu jarayonda 
    o‘simlik qoldiqlari salmoqli miqdordagi tolalarni ilashtirib qolib jarayonni 
    murakkablashtiradi. Bunday o‘simliklar sirasiga qo‘ytikan, chaqir tikanak va sillik 
    poyali o‘simliklar qismlari kiradi. Qo‘ytikan quruq xolatda tolaga tez yopishadi, 
    uning og‘irligi 28·10
    -6
    - 40·10
    -6
    kg oralig‘ida bo‘lsada o‘z og‘irligiga nisbatan qo‘y 
    tanasida 3-4 barobar, qirqilgan junni saqlashda 8-10 barobarigacha tolani ilashtirib 


    389 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    oladi. Chaqirtikanak o‘z og‘irligiga nisbatan 2-3 barobar ko‘p tolani yopishtirib 
    oladi va qisman tashqi mexanik ta‘sir bo‘lganda maydalanib xomashyoga 
    aralashadi. Silliq poyali o‘simliklar jun tolasiga faol aralashmasada ular miqdorini 
    ortib ketishi junni dastlabki ishlashni qiyinlashtiradi.[1],[3],[4] 
    Tadqiqotlarda ikki mavsumdagi uy va yaylov sharoitida boqilgan qo‘y 
    junlari o‘rganildi. Namuna sifatida qorako‘l va jaydari zotli qo‘y junlari olindi. 
    Qo‘ytikan, chaqirtikanak kabilar qiyin ajraladigan, silliq poyali va o‘simlikning 
    boshqa qismlari oson ajraladigan guruhlarga ajratilgan holda o‘rganildi. Tadqiqot 
    natijalari jadvalda keltiriladi. 
    O‘simlik qoldiqlarining jundagi miqdori. 
    2-jadval 
    Qo‘y zoti 
    Yaylovda 
    Uyda 
    Tola chiqishi 
    Oson 
    ajraladiga

    Qiyin 
    ajraladiga

    Oson 
    ajraladiga

    Qiyin 
    ajraladiga

    Oson 
    ajraladiga

    Qiyin 
    ajraladiga

    Bahorgi qirqim, % 
    Qorako‘l 
    3,4 
    2,8 
    0,3 
    3,1 
    96,3 
    94,1 
    Jaydari 
    3,1 
    2,3 
    0,2 
    2,7 
    96,7 
    95 
    Kuzgi qirqim, % 
    Qorako‘l 
    2,3 
    4,6 

    1,6 
    97,7 
    93,8 
    Jaydari 
    1,9 
    2,6 

    1,4 
    98,1 
    96 
    Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, yaylovda boqilgan bahorgi qirqim 
    junlari tarkibida qiyin ajraladigan o‘simlik qoldiqlarining ulushi ko‘proq, uyda 
    boqiladigan qo‘ylarda nisbatan kamroq ko‘rsatkichga ega. Kuzgi qirqim 
    bahorgilarga nisbatan ushbu turdagi qoldiqlarni kamligi ma‘lum bo‘ldi. Oson 
    ajraladigan o‘simlik qoldiqlari ikki mavsumda ham jun tarkibida salmoqli 
    miqdorda bo‘lib, uyda boqiladigan qo‘ylarda nisbatan kamroq bo‘ladi. Jaydari zotli 
    qo‘ylardan qirqib olingan junlarda har ikki turdagi o‘simlik qoldiqlari qorako‘l 
    zotli qo‘ylarga nisbatan oz bo‘ladi. Jaydari zotli qo‘y juni tarkibida dag‘al tolalarni 


    390 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    ko‘pligi sababli o‘simlik qoldiqlarini oz miqdorda yopishgan bo‘ladi. Qorako‘l 
    zotli qo‘y junlari tarkibida tivit tolalarni ko‘pligi o‘z navbatida o‘simlik 
    qoldiqlarini ko‘p ilashib qolishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari qo‘y junlari 
    tarkibida o‘simlik qoldiqlarini miqdori qo‘ylarni boqish agrotexnikasi, iqlim 
    sharoiti, ozuqa turiga va boshqa omillarga bog‘liq.[2],[3] 
    Jun tolasi qo‘ylardan qirqilgandan so‘ng uni tarkibida o‘simlik qoldiqlaridan 
    tashqari mineral va yog‘-ter moddalari ham uchraydi. Ular jun tolasiga o‘rnashish 
    darajasiga ko‘ra turlicha xarakterlanadi. Xomashyo tarkibidagi chiqindilarni 
    aniqlash uchun keltirilgan uslubiy ko‘rsatma bo‘yicha namunalar olindi. 
    Tadqiqotlar chorvachilik xo‘jaligida yetishtirilgan qorako‘l va jaydari zotli 
    qo‘ylarning bahorgi qirqim xomashyolari ustida amalga oshirildi.
    Bahorgi qirqim jun tarkibidagi chiqindilar miqdori 
    3-jadval 
    № 
    Chiqindi turlari 
    Qo‘y zotlari bo‘yicha chiqindi 
    ulushi, % 
    Qorako‘l 
    Jaydari 

    Qirqim davri chiqindilari
    0,65

    0,020 
    1,1

    0,030 

    O‘simlik qoldiqlari 
    3,4

    0,13 
    3,1

    0,92 

    Mineral chiqindilar 
    4,3

    0,197 
    4,8

    0,210 

    Yog‘-ter moddalari 
    11,0

    0,681 
    11,3

    0,768 

    Jami chiqindilar 
    19,35 
    20,3 

    Toza jun miqdori 
    80,65 
    79,7 
    Natijalardan namoyon bo‘ladiki, bahorgi jun tolalari tarkibida qirqim davri 
    chiqindilari 0,65-1,1 % ni, o‘simlik qoldiqlari 3,1-3,4 % ni, minerallar 4,3-4,8 % ni 
    va yog‘-ter 11-11,3 % ni tashkil qiladi.[3],[4] 
    Qorako‘l va jaydari qo‘ylarning junlari tarkibida chiqindilar 19-20 % 
    atrofida bo‘lib, mineral chiqindilar jaydari zotli qo‘y junida ko‘proq bo‘ladi. 
    Buning sababli, qorako‘l zotli qo‘yga nisbatan jaydari zotli qo‘ylarning juni 


    391 
    Namangan muhandislik-texnologiya instituti 7-8 oktabr 2-tom 
    dag‘alroq va 1 mm
    2
    to‘g‘ri keladigan tolalarni ko‘pligi hisoblanadi. Dag‘al junlar 
    tolimlari mayin junlarga nisbatan birmuncha siyrakligi tashqi muhitdan turli 
    jismlarni (paxta, ip, plenka, qog‘oz va boshqalar) xomashyoga qo‘shilishini 
    osonlashtiradi. Shuning uchun qorako‘l va jaydari zotli qo‘y junlarida ifloslik 0,65-
    1,1 % atrofida bo‘ladi.[2],[4] 

    Download 10.16 Mb.
    1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   274




    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Namangan muhandislik-texnologiya institutida O„zbekiston

    Download 10.16 Mb.
    Pdf ko'rish