|
I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA Pdf ko'rish
|
bet | 220/265 | Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 49,29 Mb. | | #244032 |
Bog'liq 11-sinf yangi darslik 172 varaq IP adresI BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
290
maqsadida Javohir Nuriddinga ochiq kalit bergan. Nuriddinga ma’lumotlarni ochiq kalit
yordamida shifrlab, keyin jo‘natishi kerakligi aytilgan. Nuriddin ochiq kalit yordamida
ma’lumotlarni shifrlashga rozilik bergan. Demak, Javohir Nuriddin bilan bir xil ochiq kalitga
ega. Javohir ma’lumotlarni dekodlash va yashirin ma’lumotlarni ko‘rib chiqish uchun aynan
o‘sha ochiq kalitdan foydalandi. Shunday qilib, Nuriddinning kim ekanligi sirligicha qoldi va
ma’lumotlar Javohirga talafotsiz yetkazildi.
2. Muammoni assimmetrik shifrlash yordamida hal etish.
Bu gal Javohir Nuriddinga
ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash, ya’ni begonalar tomonidan ushlanmasligi yoki
buzilmasligi uchun ma’lumotlarni himoya qilishning yangi usulini aytdi. Nuriddinga ochiq
kalitni berdi va ma’lumotlarini shu ochiq kalit yordamida shifrlashi kerakligini uqtirdi.
Javohir matematik jihatdan ochiq kalit bilan bog‘langan yopiq kalit yordamida shifrlangan
ma’lumotlarni osongina yechib oldi.
Simmetrik va assimetrik shifrlash o‘rtasida bir qancha farqlar mavjud. Ularning
ayrimlari ishlatiladigan kalit turlariga, boshqalari esa shifrlash usullarini hisoblash uchun
sarflanadigan vaqtga bog‘liq. Jadvalda simmetrik va assimetrik shifrlash o‘rtasidagi farqlar
keltirilgan.
SIMMETRIK SHIFRLASH
ASIMMETRIK SHIFRLASH
Ma’lumotni shifrlash va deshiflash
uchun bitta kalit ishlatiladi.
Shifrlash va deshiflash uchun 2 ta: ochiq va yopiq kalit
ishlatiladi.
Bu oddiy va an’anaviy shifrlash usuli.
Simmetrik shifrlash xavfini kamaytiradi va ancha
murakkab hisoblanadi.
Oddiyligi uchun shifrlash jarayoni tez
amalga oshirilishi mumkin.
Bu simmetrik kalitlarni shifrlashga qaraganda ancha
murakkab va sekinroq hisoblanadi.
Kichikroq kalit uzunligi talab qilinadi,
odatda, 128–256 bit.
Kalitlar uzunligi juda katta. Masalan, RSA uchun 2048
bit yoki undan yuqorisi tavsiya etilgan.
Ma’lumotlar konfidensialligi (maxfiyligi)
ni ta’minlaydi.
Maxfiylik, haqiqiylik ta’minlaganligi uchun ham
mualliflikdan voz kechishning iloji yo‘q.
Katta hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash
uchun foydali.
Kichik hajmdagi ma’lumotlarni shifrlash uchun foydali.
Simmetrik shifrlashning standart
algoritmlari: RC4, AES, DES, 3DES va
QUAD.
Assimmetrik shifrlashning standart algoritmlari: RSA,
Diffie-Hellman, ECC, El Gamal va DSA.
Hozirda axborotlar himoyalanilishini ta’minlashning qandaydir texnik usuli yoki vositasi
mavjud emas, ammo ko‘p xavfsizlik muammolarini yechishda kriptografiya va axborotlarni
kripto o‘xshash almashtirishlari ishlatiladi.
|
| |