|
Va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti ilm sarchashmalariBog'liq Dostonlat tilida arxaizmlarning nutqiy voqelanishi. Xudayberganova DPardoz-andoz
bilan bog‘liq so‘zlar: mushk – qora tusli xushbo‘y modda. Anbar – xushbo‘y modda.
Yurganda iziga mushk anbar sochar, Gulandomdek navjuvonni ko‘rmadim [3]. Anbar soching, zarga
to‘lgan kokiling, Birdir abrishimdan, taldan, Avazim! [3].
Bu so‘zlar jamiyat taraqqiyoti jarayonida asta-sekin unutilib, eskirgan leksika qatoridan joy olishgan.
Xalq dostonlari leksikasining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, og‘zaki variantlar hozirgi davrda
ijro etilganda ham unda eskirgan so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Agarda so‘rasangiz, baxshining o‘zi ham uning ma’-
nosiga tushunmaydi. Ch
unki doston matni ustozdan shogirdga o‘tganda o‘zgarmasdan o‘tadi. Baxshichilik
an’anasida ularni o‘zgartirish ayb hisoblangan. Eskirgan so‘zlar voqea tafsilotlarini berishda qulay vosita
hisoblanadi. Ularni qo‘llash voqealar bo‘lib o‘tgan davrni qayta jonlantiradi. Bu so‘zlarning etimologiyasini
tadqiq qilish til tarixining ochilmagan sahifalarini yoritadi.
B) Frazeologik arxaizmlar
. Jamiyat taraqqiyoti jarayonida hamma narsa o‘zgarib boradi. Bu degan
so‘z, bir narsaning o‘rniga uning takomillashgan ikkinchi turi keladi. Moddiy hayot o‘zgarishi bilan ma’naviy
hayotda ham, albatta,
o‘zgarish yuz beradi. Til ijtimoiy hodisa sanalar ekan, u ham jamiyatga moslashgan holda
yangilanib boradi. Demak, tilda ham nimalardir eskiradi, nimalardir yangilanadi. Xalqning so‘zlashuv nutqida
ko‘plab frazeologik iboralarga murojaat qilinadi. Ular gapga sayqal berib, nutqqa jon kiritadi. Xalq dostonlarida
ijrochi tomonidan bayon etiladigan badiiy nutq ham o‘sha xalqning so‘zlashuv nutqi zaminida ro‘y beradi.
Doston ijrochilari frazeologik iboralar negizida go‘zal ifodalarni yuzaga keltiradilar. Shu sababli dostonlarni
xalq jon qulog‘i bilan tinglaydi. Jamiyat ilgarilaydi, davr o‘zgaradi. Ammo bundan yuz yillar, balki undan ham
oldin xalq orasida faol ishlatilgan iboralar dostonlar tilida saqlanib qoladi. Bu iboralarning aksariyati hozirda
iste’moldan chiqqan. Uni yosh avlod sharhlarsiz tushunib yeta olmaydi. Bunday iboralar fan tilida frazeologik
arxaizmlar deb yuritiladi.
Mang‘itlik Tursun baxshi Jumaniyozov tilidan yozib olingan “Hurliqo va
Hamro” dostonida shunday bir jumla bor: “Hurliqo parizod: hey, kanizlar, berroq kelinglar, tezroq ke-
linglar deb surangni solaberdi
” [6].
Bu jumlada “surang solmoq” iborasi e’tiborni tortadi. Alisher Navoiy
asarlari lug‘atida sur so‘zi karnay, surnay tarzida izohlangan [5]. Shoir:
Ey Navoiy, dardlig‘ nolang qilur elni halok,
|
| |