84
uchun unga suv qovoq
– xorazmcha suv kadi bog‘lashgan. To‘rni tortganda suv qovoqlar goh cho‘mib, goh
chiqib, lo‘killab turgan. Yilim – yilishtirish, o‘rnidan jildirish ma’nosiga ega.
Yilimning kadisiday lo‘killay-
verma iborasi o‘shandan qolgan ekan. Dostonda o‘sha hodisaga ishora qilingan.
Pizlovuq kadiday. Uning kallasi pizlovuq kadiday yumalanib ketdi [7].
Aytishlariga qaraganda, ilgari zamonlarda to‘y-tomoshalarda suv qovoqning tubiga kichik o‘q o‘rnatib,
avvalo, qo‘l bilan aylantirib yuborib keyin qamchiga o‘xshatib, tayoq uchiga ip bog‘lab bo‘sh ip bilan kadini
urib
aylantirib, tomosha ko‘rsatishgan. Kadi vizillab sas chiqargan. Shu sababli pizlovuq so‘zi qo‘shib aytilgan.
Ip bilan urish to‘xtatilgan paytda kadi yumalanib ketgan. Yuqoridagi misol ana shu ikki hodisaga asoslangan.