• Digirmonga sumak qoqqanday.
  • Qanorga to‘nka tashlaganday.
  • Qalandarning kadisiday bo‘m-bo‘sh
  • Va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti ilm sarchashmalari




    Download 458,67 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet8/16
    Sana21.02.2024
    Hajmi458,67 Kb.
    #159831
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
    Bog'liq
    Dostonlat tilida arxaizmlarning nutqiy voqelanishi. Xudayberganova D

    Moy davladay sollanglab... 
    Go‘ro‘g‘li inarning ustida moy davladay sollanglab turaberdi [3]. Axbo-
    rotchilarning qayd qilishlaricha, qadimda yog‘ saqlanadigan idishni meshga o‘xshatib, hayvon terisidan ish-
    lashgan. Uni davla deb atashgan. Ularga yog‘ solib, ikkalasini ot yoki eshak ustiga xurjunday tashlab qo‘yish-
    gan. Yo‘l yurish jarayonida ular sollanglab, harakatda bo‘lishgan. Go‘ro‘g‘lini ham asirga olgan arab tuyaning 
    ustiga moy davladay ikki bukib tashlagan. Iborada ana shu o‘xshashlikka ishora mavjud.  
    Digirmonga sumak qoqqanday. Avazxon 
    arabning yag‘irnidan urdi nayzani, digirmonga sumak qoq-
    qanday 
    bo‘lib arabni yer qoptirdi [3]. Ilgari zamonlarda Xorazmda qo‘lda aylantiriladigan tegirmonlar bo‘l-
    gan. Tegirmonning toshlarini mustahkam tutib turish uchun uning markaziga qattiq yog‘ochdan o‘q qoqilgan. 
    Uning yerga kirib turgan qismi 1,5 
    – 2 metrni tashkil etgan. Ana shu o‘q Avazxonning nayzasiga qiyoslangan. 
    Qanorga to‘nka tashlaganday. Arab Rayhon inarning etlarini qanorga to‘nka tashlaganday og‘ziga dursil-
    datib tashlab yotir [3].
    Yaqin o‘tmishda qanor – qoplar bo‘lar edi. O‘sha paytlarda o‘tin g‘o‘lalarini unga so-
    lib, orqalab uyga tashilgan. “Go‘ro‘g‘li” eposida Arab Rayhonning ovqat yeyishi, to‘g‘rirog‘i, tuya go‘shtining 
    bo‘laklarini og‘ziga xuddi qanor qopga o‘tin tashlaganday otib turishi mubolag‘ali qiyoslangan. 
    Qalandarning kadisiday bo‘m-bo‘shErtasi kuni o‘rnidan turib qarasa, uy qalandarning kadisiday 
    bo‘m-bo‘sh [3].  
    Qadimda 
    so‘fiylik tariqatiga e’tiqod qo‘ygan qalandarlar, darveshlar doimo el kezib yurishgan. Aytishla-
    riga qaraganda, qalandarlar kokil qo‘yib, ko‘chama-ko‘cha yurib, turli so‘fiyona g‘azallar o‘qib yurishgan. 
    Ular bellariga suv qovoq osib qo‘yishgan. Biror bir xayr-sadaqa beradigan kishi o‘sha suv qovoq-kadiga bir ik-
    ki chaqa yoki pul tashlagan. Ammo kadi hamisha ham chaqaga to‘lavermagan. 
    Ba’zan bo‘m-bo‘shligicha qolgan. “Go‘ro‘g‘li” eposida Og‘a Yunus parining arazlab Bog‘i Eramga ke-
    tib qolgandan keyin, 
    uyning bo‘m-bo‘sh huvillab qolishi o‘sha qalandarlarning kadisiga o‘xshatilgan.

    Download 458,67 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




    Download 458,67 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti ilm sarchashmalari

    Download 458,67 Kb.
    Pdf ko'rish