|
Va innovatsiyalar vazirligi urganch davlat universiteti ilm sarchashmalariBog'liq Dostonlat tilida arxaizmlarning nutqiy voqelanishi. Xudayberganova DO‘kchani ko‘tardi. Bu gapni eshitgan zamon o‘g‘lon shaharga qarab o‘kchani ko‘tardi [7]. O‘kcha-
ni
ko‘tarmoq iborasi keksalar nutqida hozirda ham ahyon-ahyonda qo‘llaniladi. Bu iboraning ma’nosi tezda
jo‘nab ketmoq, shu zahoti yo‘l olmoq kabi ma’nolarda qo‘llaniladi.
Bu iboraning yana bir ko‘rinishi “Go‘ro‘g‘li” eposida keltirilgan: “O‘g‘rilar bu baloning nerdan kelga-
niga hayron bo‘lib, ikki oyog‘ini alina olib zim-ziyo bo‘ldilar [7]. Kadi-kadiga qoqilishganday. Go‘ro‘g‘li
bilan Avazxon urushga kirishdi, kadi-kadiga qoqilishganday
bo‘lib, kallalar yumalanaverdi [3].
Kuzda poliz ekinlarini yig‘ishtirganda kadi, qovunlardan xirik (uyum) yasalgan. Ularni uyumga yaqin-
lashganda yumalab yuborishgan. Kadi-kadiga, qovun-qovunga tegib uyum yasalgan. Yuqoridagi misolda urush
sahnasi berilgan bo‘lib, kallalarning yumalanishi, polizdagi kadi-qovunlar uyumiga qiyosan keltirilgan. Oltini-
ni yo‘qotgan qulday. Ne balo, oltinini yo‘qotgan qulday shalvirab nishab turibsan, dedi Go‘ro‘g‘li [7].
Tahlil va natijalar.
O‘tmishda qul saqlashgan. Uning na huquqi, na mol-mulki, hech narsasi bo‘lmagan.
Endi u tasodifan oltin topsa, undan baxtli odam yo‘qligi ayon. Ammo shu oltinni yo‘qotib qo‘ysa, uning qay
ahvolga tushishi ma’lum. Qulning, albatta, esankirab, shalvirab, o‘zini yo‘qotib qo‘yishi turgan gap. Bu iborada
Safar ko‘saning xotinini yo‘qotib, talmovsirab qolgani, maslahat so‘rash uchun Go‘ro‘g‘lining oldiga kelgani-
dagi ayanchli ahvoli tasvirlangan.
O‘q yegan arslonday. Safar ko‘sa o‘q yegan arslonday to‘rt tarafga og‘iz
tashlay berdi [3].
Arslonning kuch-
qudrati o‘z-o‘zidan ma’lum. Agar u yarador qilinsa, sherning sherligi o‘n
chandon oshishi tabiiydir. Ushbu keltirilgan misolda
Safar ko‘saning jahlga minishi va asabga berilib to‘lg‘a-
nishi ana shu sher ahvolotiga taqqoslanadi. Frazeologik ibora bu yerda yuksak badiiy ifoda sifatida namoyon
bo‘ladi. Bunday qiyoslashlar hozirgi davrda unutilib ketgan.
|
| |