85
dondan
qochgan qo‘chqorday, tili tanglayiga yopishib so‘zlab bilmay o‘tirdi [3].
Xaltasini yo‘qotgan devo-
naday.
Qosimning lofi kaj bo‘ldi. Xaltasini yo‘qotgan devonaday o‘tirib qoldi [7].
Ushbu iboraning ham tarixi ancha uzoq.
Ilgari devona-
tilanchilar ko‘p bo‘lgan. Xalq o‘ta kambag‘al,
och-nahor kun kechirgan. Devonalar uyma-
uy yurib tilanchilik qilib, bir burda nonni zo‘rg‘a topib xaltasiga
solishgan. Ana endi o‘sha xaltaning yo‘qolishini tasavvur qiling. Bu holatda devonaning ochlikdan sillasi qu-
riydi, uni
g‘am bosadi. Yuqoridagi misolda dostonning bosh qahramoni o‘z sevgilisini izlab kelib, boshqa bir
qizga duch keladi va hafsalasi pir bo‘ladi. Ana shu holat xaltasini yo‘qotgan devona ahvoliga qiyoslanadi.
Xulosa. Xulosa
qilib shuni
ta’kidlaymizki, Xorazm dostonlari tilidagi bu toifa
arxaizmlarning rang-
barangligiga asosiy sabab ularning yozuvga ko‘chirilganligidir. Savodxon, madrasa ta’limini olgan kotiblar,
xattotlar dostonlarni matnga ko‘chirganlarida o‘sha davrdagi kitobiy adabiy tilga yaqinlashtirib, ixcham bir
tizimga solishgan va ularni qissaxonlar maxsus auditoriyalarda qiroat bilan o‘qishgan.