• 1-tajriba. Metanning olinishi va xossalari. Reaktivlar
  • 2-tajriba.Alkanlarning oksidlanishi. Reaktivlar
  • 1-tajriba. Asetilenning olinishi va xossalari. Reaktivlar
  • Uglevodorodlar sinteziga,aromatik uglevodorodlar bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish




    Download 158,83 Kb.
    bet4/26
    Sana18.01.2024
    Hajmi158,83 Kb.
    #140149
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
    Bog'liq
    Variant I to`yinmagan uglevodorodlar. Alkinlar ularning tuzilish

    5.Uglevodorodlar sinteziga,aromatik uglevodorodlar bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish.Aromatik birikmalar asosan ikki guruhga – bir benzol halqali va ko’p benzol halqali birikmalarga bo’linadi. Aromatik birikmalar ham aromatik halqadagi vodorodni galogen, gidrosil va boshqa funksional guruhlarga almashganligiga qarab funksional almashgan birikmalarga bo’linadilar. Ko’p benzol halqali aromatik birikmalar ham o’z navbatida, jipslashgan va jipslashmagan ko’p benzol halqali birkmalarga bo’linadilar. Aromatik birikmalar asosan ikki guruhga – bir benzol halqali va ko’p benzol halqali birikmalarga bo’linadi. Aromatik birikmalar ham aromatik halqadagi vodorodni galogen, gidrosil va boshqa funksional guruhlarga almashganligiga qarab funksional almashgan birikmalarga bo’linadilar. Ko’p benzol halqali aromatik birikmalar ham o’z navbatida, jipslashgan va jipslashmagan ko’p benzol halqali birkmalarga bo’linadilar. 1-tajriba. Metanning olinishi va xossalari.Reaktivlar: CH3COONa yoki CH3COOK (suvsizlantirilgan); natron ohak (NaOH va CaO); bromli suv; KMnO4 ning 1% li eritmasi; distillangan suv.Jihozlar: laboratoriya shtativi; gaz chiqarish nayi o`tkazilgan probkali probirka; spirt lampa yoki gaz gorelkasi; probirkalar.Tajribani bajarish: Quruq probirkaga (probirka hajmining uchdan bir qismigacha) bir og`irlik qism suvsizlantirilgan CH3COOK yoki CH3COONa olinadi hamda ikki og`irlik qism suvsizlantirilgan natron ohak solib, probirkaning og`zini gaz chiqarish nayi o`rnatilgan probirka bilan zich berkiting va probirkani chayqatib aralashmani aralashtiring, (avvaldan aralashtirib tursangiz yanada yaxshi). Uchta probirka olib biriga suv, ikkinchisiga KMnO4 ning suyultirilgan eritmasidan, uchinchisiga esa bromli suv quying. Nayning uchini suvli probirkaga tushuring. Alangani asta sekin kuchaytirib borib aralashmani qizdiring. Gaz ajralib chiqa boshlagach, suvli probirkani ajrating va uchidan chiqayotgan gazni gugurt chaqib yoqing. Alanganing rangsizligiga e’tibor bering. Alangaga chinni plastinka (tigel, kosacha) tutib, plastinkada qora kuya hosil bo`lishini kuzating. Keyin nay uchini dastlab bromli suv bor probirkaga, bir ozdan ketin undan olib KMnO4 ning eritmasi solingan probirkaga tushurib, eritma rangining o`zgarmaganligiga etibor bering. 2-tajriba.Alkanlarning oksidlanishi.Reaktivlar:petroley efir; geksan; 1n Na2CO3 eritmasi; 1n KMnO4 eritmasi.Jihozlar:laboratoriya shtativi; menzurka; probirkalar.Tajribani bajarish: Probirkaga 4-6 tomchi petroley efiri va shuncha 1 n Na2CO3 eritmasi, ustiga 12-15 tomchi 1n li KMnO4 eritmasidan quying. Hosil bo`lgan aralashmani qattiq chayqating. Suv qavatidagi binafsha rang o`zgarmaydi, chunki alkanlar xona haroratida KMnO4 bilan oksidlanmaydi. 1-tajriba. Asetilenning olinishi va xossalari.Reaktivlar: kalsiy karbid; fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi; KMnO4 eritmasi (ozroq ishqor qo`shilgan 1 % li eritma); bromli suv.Jihozlar: laboratoriya shtativi; gaz chiqarish nayi o`tkazilgan probkali probirka; spirt lampa yoki gaz gorelkasi; menzurka; probirkalar. Tajribani bajarish: Asetilen olish uchun ham metan yoki etilen olish asbobidan foydalanish mumkin. Bitta probirkaga KMnO4 ning ozroq ishqor qo`shilgan eritmasidan, ikkinchisiga bromli suvdan 2 ml, uchinchisiga esa shuncha suv soling.Gaz chiqarish nayi o`rnatilgan probirka bilan jihozlangan katta probirkaga 3-4 bo`lak kalsiy karbid soling va unga 2 ml suv qo`shib, probirkani og`zini tezda gaz chiqarish nayli probka bilan zich qilib berkiting. Gaz chiqarish nayining og`ziga yonayotgan gugurt cho`pini tuting. Asetilenning etilenga nisbatan ravshanroq alanga berib yonishini kuzating. Gaz chiqarish nayining uchinibromli suv solingan probirkaga tushiring va biro’z kuting. Eritma rangsizlanadi. So`ngra gaz chiqarish nayining uchini KMnO4 eritmasiga botirib, uning ham rangsizlanishini kuzating. Uchinchi suvli probirkaga ham asetilen yuboring va probirkaga KMnO4 eritmasidan tomizing, eritma rangsizlanadimi? Kalsiy karbid solingan probirkaga 1 tomchi fenolftalein eritmasidan tomizib, reaksiyada haqiqatdan ham kalsiy gidroksid hosil bo`lishini isbotlash mumkin. Asetilen yuborilgan suvli probirkada KMnO4 ning rangsizlanmasligiga sabab asetilenning suvda erimasligidir.Asetilen ajralib chiqishi to`xtasa, probirkaga suv yoki karbid soling.



    Download 158,83 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




    Download 158,83 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Uglevodorodlar sinteziga,aromatik uglevodorodlar bo`yicha kimyoviy eksperimentlar o`tkazish

    Download 158,83 Kb.