|
VIII. SUG’URTALOVCHINING REGRESS
|
bet | 3/22 | Sana | 15.03.2017 | Hajmi | 213,5 Kb. | | #152 |
transport vositasidan foydalanish - transport vositasidan uning yo’llarda (yo’l harakatida), shuningdek ularga tutash, transport vositalari harakati uchun mo’ljallangan hududlarda harakatlanishidan iborat bo’lgan foydalanish. Transport vositasiga o’rnatilgan va transport vositasining harakatlanishda ishtirok etishi bilan uzviy bog’liq bo’lmagan uskunalardan foydalanish transport vositasidan foydalanish hisoblanmaydi;
kompensatsiya to’lovlari - majburiy sug’urta bo’yicha sug’urta to’lovini amalga oshirish mumkin bo’lmagan hollarda, jabrlanuvchilarning hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga yetkazilgan zararning o’rnini qoplash hisobiga amalga oshiriladigan to’lovlar;
jabrlanuvchi - transport vositasi boshqa shaxs tomonidan foydalanilayotganda hayoti, sog’lig’i va (yoki) mol-mulkiga zarar yetkazilgan shaxs;
|
| |