|
O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish
|
bet | 113/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 O‘quvchilarga fuqarolik tarbiyasini berish jarayonida Davlat ramzlari (Madhiya, Gerb, Bayroq)dan foydalanish
Davlat ramzlari muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, qarashlari, orzu-umidlari, intilishlari hamda maqsadi, hududiy, ijtimoiy-g‘oyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat qiluvchi tasviriy belgilar majmuidir.
Muayyan davlatning bayrog‘i, gerbi (tamg‘asi) hamda madhiyasi davlat ramzlari majmuini ifodalaydi.
Davlat ramzlari o‘zlarida chuqur siyosiy va ijtimoiy-g‘oyaviy mazmunni ifoda etadi. Davlat ramzlari (bayroq, gerb)da tasvirlangan ranglar, tasvirlar muayyan xalq, millat o‘tmishi, qadim an’analari, xalqning turmush tarzi, orzu-umidlari, maqsadi, hayotiy intilishlarini ifoda etishga xizmat qiladi. Davlat madhiyasida esa xalq, millat, davlat va jamiyatning yagona maqsadi, birligi g‘oyalari tarannum etiladi.
Davlat ramzlari davlatning mavjudligini ko‘rsatuvchi belgilar sanaladi. Ramzlar – bu shartli belgilar bo‘lib, ular qadim davrlardayoq turli xalqlarda u yoki bu hodisa, olam, mavjudot, odamlar tasvirini, ularning qarashlarini ifodalagan.
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligining e’lon qilinishi ijtimoiy- siyosiy mustaqillikni ifoda etuvchi ramzlarni yaratishni taqozo etdi. SHu munosabat bilan 1990 yil 30 martda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qaror qabul qilindi va bu borada amaliy ishlar boshlab yuborildi.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda bo‘lib o‘tgan XI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi qabul qilindi. Ushbu madhiya mualliflari O‘zbekiston Xalq shoiri va taniqli bastakor Mutal Burxonovdir.
74 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.
Ta’lim muassasalarida fuqarolik tarbiya ni tashkil etish jarayonida o‘quvchilarga davlat ramzlari, ularning mohiyati borasidagi ma’lumotlarni berish, ularning ongiga davlat ramzlarining xalq, millat or-nomusi, sha’ni, qadr- qimmatining timsoli ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni singdirish maqsadga muvofiqdir. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi davlat Madhiyasining quyidagi matni o‘quvchilar tomonidan nafaqat yod olinishi, balki madhiya mazmunida ifoda etilgan g‘oyalar mohiyatini chuqur tahlil eta olish layoqatini shakllantirish uchun ma’lum shart-sharoitlarni yaratib berish ta’lim muassasalari jamoasi, ularning rahbariyati oldida turgan asosiy vazifalardan biridir:
1991-yil 15-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston SSRning davlat ramzlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilinib, unga muvofiq 1991-yil 18-noyabrda O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i, 1991-yil 2-iyulda esa O‘zbekiston Respublikasining gerbi (tamg‘asi) qabul qilindi.
|
| |