• Vatanparvarlik
  • Vatanparvarlik va baynalminallik fuqarolik tarbiyasi asosi




    Download 0,96 Mb.
    bet116/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Vatanparvarlik va baynalminallik fuqarolik tarbiyasi asosi.


    Fuqarolik tarbiyasi tashkil etish jarayonida shaxsda vatanparvarlik (lotincha “patriotes” vatandosh, “patris” Vatan, yurt) tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Binobarin, fuqaro muayyan davlatning a’zosi sifatida uning sha’ni, obro‘-e’tiborini ta’minlashi, uning manfaatlari uchun kurasha olishi zarur.
    “Vatan atamasi aslida arabcha so‘z bo‘lib, ona yurt ma’nosini bildiradi, Vatan tushunchasi ken va tor ma’noda qo‘llaniladi. Bir xalq vakillari jumuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal-azaldan istiqomat qilgan hudud nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug‘ilib o‘sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa, bu tor ma’nodagi tushunchadir”.75
    Vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan boqlagan barcha kishilrga xos fazilat. Millat taraqqiyotining imkoniyatlari, shon-shuhrati, obro‘-


    75 Ibrahimоv A., Sultоnоv Х., Jo’raеv N. Vatan tuyg’usi. – Tоshkеnt, O’zbеkistоn, 1996. – B. 139.


    e’tibori ham shu millat kishilar vatanparvarlik tuysusining darajasi bilan bog‘liqdir”.76
    Vatanparvar shaxs qiyofasida quyidagi sifatlar namoyon bo‘ladi: 1.Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbat, unga sadoqat.

    1. O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari va qadriyatlariga sodiqlik.

    2. Vatan va millat tarixidan g‘ururlanish.

    3. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ko‘paytirish borasida g‘amxurlik qilish.

    4. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida mehnat qilish.

    5. Vatan ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi kurashish.

    6. Vatan va millat obro‘i, sha’ni, or-nomusini himoya qilish.

    7. Vatan ravnaqi va millat taraqqiyotiga nisbatan ishonchga ega bo‘lishi.

    Vatanparvar shaxs o‘z vatanini uning boyliklari yoki vatanining qulay geografik hududda joylashganligi uchun emas, balki, o‘zi Vatanning bir bo‘lagi ekanligi, o‘zi mansub bo‘lgan millatning shu Vatanda, shu makonda yashashi uchun qadrlay olishi, unga nisbatan chuqur hurmat ko‘rsatishi zarur.
    O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida vatanparvarlik, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga keng o‘rin berilgan. Xususan: “O‘zbekiston fuqarosining vatanparvarligi bu qayta o‘zgarish yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlangan maqsaddan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan faxrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg‘urish ko‘p milltli o‘zbek jamiyatining muhim jiplashtiruvchi asosi hisoblanadi”.77
    Erkka intilish, ozod yashashga bo‘lgan ehtiyoj insonga xos bo‘lgan tuyg‘udir. Inson o‘z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. SHu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g‘oyalarni ifoda etuvchi ta’limotlarning bosh mavzusi bo‘lib kelgan. Chunonchi, Hadisi Sharifda vatanni sevish iymondan ekanligi ta’kidlanadi.Alisher Navoiy quyidagi misralarda vatandan ayrilish inson uchun og‘ir judolik ekanligiga urug‘ beradi:

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Vatanparvarlik va baynalminallik fuqarolik tarbiyasi asosi

    Download 0,96 Mb.