|
Mexnat tarbiyasi maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari
|
bet | 119/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Mexnat tarbiyasi maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari.
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasi ni shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maqlashsin. Mehnat tarbiyasi ning provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir.
O‘quvchilarning ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashda mehnat tarbiyasi muhim shartlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Uning amalga oshirilishi davlat tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy siyosat mazmuni bilan belgilanadi.
O‘zbekistonda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning asosiy tamoyillari jamiyatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlarning asosi sanaladi.
Hozirgi davrda texnika va texnologiyalar rivojlanishini yuksak bosqichga ko‘tarish uchun ishlab chiqarishni keng ko‘lamda kompyuterlashtirish, iste’mol mahsulotlarini jahon standartlari darajasida ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Bularning barchasi yuksak intellektual va jismoniy kamolotga ega bo‘lish, ishlab chiqarish jarayonlarining ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy asoslaridan to‘laqonli xabardor bo‘lish, mehnatga ongli, ijodiy munosabatda bo‘ladigan yoshlarni tarbiyasilashni taqozo etadi. Bu esa, o‘z navbatida, ta’lim muassasalarida mehnat ta’limi va tarbiyasi ni tashkil etishga nisbatan ulkan talablarni qo‘yadi.
Mehnat tarbiyasi ning maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida quyidagi vazifalarni ijobiy hal etish maqsadga muvofiq:
yosh avlodda mehnat qilish istagini qaror toptirish va ularni zamonaviy ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat yuritishga tayyorlash;
o‘quvchilarda umumjamiyat manfaati yo‘lida mehnat qilish ehtiyojini hosil qilish;
80 Ibragimov X.I.., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. – B.
172.
ularning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish;
o‘quvchilarning mavjud bilimlarini uzluksiz ravishda takomillashtirib borishlari uchun zarur shart-sharoitni yaratish;
ularda mehnat ko‘nikma va malakalarini tarkib toptirish;
o‘quvchilar faoliyatida yuqori madaniyat, maqsadga intilish, tashkilotchilik, mehnat intizomi, tadbirkorlik, tejamkorlik, ishni sifatli bajarish, moddiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, hayotiy faoliyat yo‘nalishini belgilash malakalarini shakllantirish;
o‘quvchilarda davlat iqtisodiy siyosati mazmuniga tayangan holda ular yashab turgan hududlar ishlab chiqarish xususiyatlariga muvofiq kasblarni egallashga bo‘lgan qiziqishni oshirish;
o‘quvchilarni kasbga yo‘llash, ularni mehnat faoliyatining barcha turlari, shuningdek, ular yashayotgan hududda ehtiyoj mavjud bo‘lgan mutaxassisliklar bilan tanishtirish.
Mazkur vazifalar tizimida o‘quvchilarni mehnatga psixologik va amaliy jihatdan tayyorlash ularning qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash orqali amalga oshiriladi.
|
| |