• Estetik tarbiya
  • Estetik tarbiyaning mohiyati
  • Estetik tarbiyaning maqsadi
  • Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari




    Download 0,96 Mb.
    bet127/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    13.Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari.


    Estetik tarbiya (estetikika - lotincha “estezio” go‘zallikni his qilaman) - o‘quvchilarni voqelik, tabiat, ijtimoiy va mehnat munosabatlari va turmush go‘zalliklarini anglash, idrok etish va to‘g‘ri tushunishga o‘rgatish, ularning badiiy didini o‘stirish, ularda go‘zallikka muhabbat uyg‘otish, ular tomonidan go‘zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyasilashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.86
    Estetik tarbiya insonda go‘zallikni his qilish tuyg‘usini shakllanishiga yordam beradi, uni rivojlantiradi. Inson doimo o‘z hayotini go‘zallik asosida qurishga intiladi. Estetik tarbiya axloqiy, aqliy, huquqiy, ekologik, jismoniy va mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Tabiat, adabiyot, teatr, musiqa,

    85 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi va tarixi (1-qism): darslik /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 270 b.


    86 Ibragimov X.I., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. – B. 178-179.
    she’riyat, tasviriy san’at va boshqalarga bo‘lgan muhabbat shaxsning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qiladi. Estetik tarbiyaning mohiyati shundan iboratki, u go‘zallikka bo‘lgan munosabatni qaror toptiradi. Go‘zallikka bo‘lgan tuyg‘uni rivojlantirmay turib, yuqori mehnat madaniyatiga erishib bo‘lmaydi. Mehnat faoliyatida paydo bo‘lgan go‘zallik butun tarixiy taraqqiyot bosqichlarida rivojlanib bordi, u mehnat faoliyatining o‘ziga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Mehnat jarayonida tayyorlangan har bir buyum (tovar)ning ahamiyati, funksiyasi, zaruriligi insonning tabiiy ehtiyojlarini qondirishi jihatidangina emas, balki uning qanchalik go‘zalligi bilan ham baholanadi. Go‘zallik bu hayotning o‘zi, tabiat hamda inson mehnati natijalari, insoniy munosabatlarning mukammalligidir.
    Estetik tarbiyaning maqsadi o‘quvchilarda go‘zallik haqidagi bilimlar atrof hayot voqeligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, hamda san’at asarlarini estetik o‘zlashtirishi jarayonida tarkib toptirish hisoblanadi.
    Estetik bilimlari aniq tarbiyaviy ishlar – tanlov, viktorina, bayram, ko‘rgazma va hokazolarni tashkil etish asosida hosil qilinadi. O‘quvchilar o‘z qobiliyatlarini turli xil badiiy-ijodiy faoliyatlarda namoyon etadilar. Kichik yoshda “barcha bolalar istes’nosiz rasm soluvchilardir” (K.D.Ushinskiy), “har bir bola – shoir” (V..Suxomlinskiy).
    O‘smirlarda go‘zallik ijodkorligiga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday holat ilk yoshlik davrida ham saqlanib qoladi. Biroq, bu davrda badiiy qobiliyat, aksariyat o‘quvchilarda o‘zgacha bo‘ladi. Ular ko‘pincha musiqa va raqsga qiziqa boshlaydilar. Demak, o‘quvchilarning Estetik bilan oshnoligi turli yosh davrlarida o‘g‘il va qiz bolalarda o‘ziga xos xususiyat kasb etadi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Estetik tarbiyaning maqsad va vazifalari, mazmuni, shakl va metodlari

    Download 0,96 Mb.