|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 123/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Sinfdan tashqari tarbiyasiviy tadbirlar hamda tarbiyasiviy soatlarda iqtisodiy mavzularda tarbiyasiviy suhbat, bahs va munozaralar uyushtiriladi, og‘zaki jurnal yaratiladi, viktorina tashkil etiladi, to‘garak yoki klublar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
“Mehnati faoliyatining sifati va samaradorligi nimalarga bog‘liq?”, “Xo‘jalikning qiymati qancha turadi?”, “Har birimiz iqtisodchi bo‘lishimiz mumkin”, “O‘quv yurtimizning iqtisodiy ahvoli va byudjeti qanday ahvolda?”, “Iqtisod bizning hayotimizda”, “Bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish mumkinmi?”, “Tajamkorlik nima?” va hokazo mavzularda tarbiyasiviy tadbirlarning o‘tkazilishi
82 Pedagogiy and professional Responsibilities. Sharon Wynne, M.S. X.A.Monline, INC. Boston. 2013. P. 200-201.
o‘zining ijobiy natijalarini beradi. “Yosh iqtisodchi” markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir Bularning barchasi o‘quvchilarda quyidagi xislatlarning shakllanishiga zamin yaratadi:
mehnat faoliyatiga nisbatan mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, mehnatsevarlik, vijdonlilik, jamiyat va davlat oldida o‘z burchini his etish;
tejamkorlik, rejalilik;
intizomlilik, uddaburonlik;
uyushqoqlik, ishchanlik;
tartibsizlikka nisbatan murosasiz bo‘lish va boshqalar.
Axloq ijtimoiy ong, ta’sir etish va tarbiya shakli sifatida
Ijtimoiy tarbiyaning boshqa turlari kabi ma’naviy-axloqiy tarbiya asosini ham ilg‘or milliy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, xalq pedagogikasi g‘oyalari tashkil etadi.
Ma’naviyat shaxs, xalq, davlat va jamiyatning kuch-qudrati, taraqqiyoti, imkoniyatlari va istiqbollarini belgilab beruvchi ichki ijobiy, ruhiy omildir.
Ma’naviyat (arabcha «ma’naviyat» - ma’nolar majmui) mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvur, tushuncha va g‘oyalar majmui hisoblanadi.
|
| |