• Axloq” (arabcha – xulq-atvor ma’nosini bildiradi
  • Axloqiy tushunchalar
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet124/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, parvarish qilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
    Ma’rifat shaxs ongiga ilmiy bilim, axloq qoidalari hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yorlarni singdirish, ta’lim- tarbiyani takomillashtirish, milliy meros va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganish, ularni targ‘ib etish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar tizimi.
    Mafkura (arabcha «mafkura» - naqtai nazar va e’tiqodlar tizimi, majmui) – jamiyatdagi muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, shuningdek, ma’naviy-axloqiy yuksaklish, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarning rivojini ta’minlovchi, ularning maqsad va yo‘nalishlarini aniqlashda yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar tizimi.
    Axloq esa shaxsning xatti-harakatlari, yurish-turishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi.
    Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Axloq ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy-ruhiy hayotida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
    Axloq” (arabcha xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soladigan qonun-qoidalar majmuidir.
    Axloq - ma’naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. Zero, axloq, axloqiy me’yorlarsiz shaxsning ruhiy va jismonan yetukligining mezoni bo‘lgan ma’naviy kamolotga erishib bo‘lmaydi. Shuning
    uchun ham ma’naviy-axloqiy tarbiyasida uzviylik, aloqadorlik dialektik xarakterga ega bo‘lib, shaxsning ma’naviy-axloqiy shakllanishida muhim sanaladi.83
    Axloqiy tushunchalar, baholash va muhokama yuritish asosida ma’naviy- axloqiy e’tiqod shakllanadi va nihoyat inson xatti-harakati va xulqi aniqlanadi. Axloqiy e’tiqodga ega inson axloqiy me’yorlar, talablarni ongli bajaradi va ularga hurmat bildiradi. Lekin axloqiy me’yorlar haqida bilimga ega bo‘lish va uni tushunish hali e’tiqodni faoliyatga aylantiradi degan gap emas, axloqiy bilimlar qachon hayotiy tajribalarda qo‘llanilib, o‘quvchilar tomonidan ularning faoliyatida namoyon bo‘lgandagina shakllangan deyish mumkin.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   301




    Download 0,96 Mb.