|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 132/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Ekologik dunyoqarash tabiatni muhofaza qilish haqidagi ilmiy - nazariy bilimlar majmuasi, hukmron iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy qarashlardan tortib, oddiy kundalik tasavvurlargacha o‘z ichiga oladi.Ekologiya insoniyatning tarixiy rivojlanishi jarayonida vujudga kelgan nazariy - ilmiy g‘oyalarning muayyan majmuasi bo‘lmasdan, jamiyatda yashayotgan shaxslarning ruhiy holatlarini, hissiyotlari, rayfiyatlari va intilishlarini ham qamrab oladi hamda turli ijtimoiy ong shakllarining ekologiya nuqtai nazaridan baholanishini ifodalaydi.
Ekologik madaniyat.
Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi bo‘lib, uni tashkil etish jarayonida quyidagi vazifalar hal etilishi zarur:
O‘quvchilarning ta’lim jarayonida o‘zlashtirgan ekologik bilimlarini yanada oshirish.
Ularning tabiat va atrof-muhit ekologiyasi to‘g‘risidagi tasavvurini boyitish.
O‘quvchilarda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash ijtimoiy zaruriyat ekanligi to‘g‘risidagi e’tiqodni shakllantirish.
O‘quvchilarda ekologik faoliyat ko‘nikma va malakalarni tarbiyalash hamda ularning tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash jarayonida faol ishtirok etishlariga erishish.
Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta’minlaydi.
O‘quvchi tarbiyasida ishtirok etayotgan subyektlarning shaxsiy namunalari, o‘quv manbalari, badiiy adabiyotlar, ommaviy axborot vositalari (shu jumladan, Internet) materiallari va ularning g‘oyalari o‘quvchilarda ekologik madaniyatni shakllantirishning muhim vositalari sanaladi.
Ajdodlarimiz bola tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor berishga va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirishgan.
Oila davrasida farzandlarga: «Suvga tupurma! Uni iflos qilma, chunki barcha jonivorlar uni ichiqhadi,» «Gullab turgan meva shohini sindirma, u meva beradi, uni O‘zing iste’mol qilasan» deganlar.
O‘lkamizning tabiiy o‘simliklar dunyosi, ularning foydasi bu boyliklarni muhofaza qilishni yoshlarga uqtirish, ta’lim tizimining asosiy vazifasidir.
|
| |