Estetik tarbiya asosiy vositalariga tubandagilar kiradi:
Adabiyot va san’at-adabiyotning barcha janrlari /xalq og‘zaki ijodi, she’riyat, dramaturgiya, proza/ san’at turlari/tasviriy san’at, amaliy bezak san’ati, me’morchilik, musiqa, teatr, kino, raqs, sirk, televideniye, foto, estrada va hakozo/.
Tabiat /jonsiz tabiat, o‘simlik va hayvonot dunyosi/.
Mehnat/mehnat sharoitlari, jarayoni, qurollar va mahsulotlar/.
Bilish go‘zalligi/ta’lim, ma’lumot, mustaqil o‘qish, fanni o‘rganish jarayoni, kashfiyotlar kiradi/.
Turmush go‘zalligi /buyumlar go‘zalligi, moda va h.k/.
Muloqat /va til/ go‘zalligi.
87 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi : O‘quv qo‘llanma /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 312 b.
Jismoniy madaniyat va sport /jismoniy tarbiya darslari, sport mashg‘ulotlari, munobasalari estetik talablarga javob beradigan holda tashkil etish, badiiy gimnastika, fristayl kabi badiiy xarakterga ega sport turlari/.
O‘yinlar /didaktik, xalq o‘yinlari va h.k/.
Xulq atvor / ishlab chiqarish, shaxsiy, jamoa joylarida/.
Din, so‘z san’ati, musiqa, arhitektura, xalq Amaliy san’ati asarlaridan foydalanish.
Milliy urf-odatlar, udumlar, qadriyatlar. Bayramlar.
O‘quvchilarning aktiv estetik faoliyati.
Bolalar turmushi estetikasi.
Tevarak atrofdan olinadigan taasurotlar88.
Nafosat tarbiyasi maktabda o‘sitiladigan barcha darslar jarayonida olib boriladi. Lekin, har bir predmetning xususiyatiiga qarab estetik tarbiya vositalari usul va metodlari o‘ziga xos bo‘ladi. Masalan, tasviriy san’at darslari narsaning o‘ziga qarab rasm chizish, dekorativ rasm chizish, tema asosida rasm chizish, tasviriy san’atdan suhbatlar kabi turlarga bo‘linib, har bir rasm chizish darslarida nafosat tarbiyasining o‘ziga xosligi mavjud.
Tasviriy san’at darslarining asosiy vazifalari: o‘quvchilarning san’at bilan muloqatda bo‘lishi, rassomlik haykaltaroshlik, arhitektura, grafika, xalq amaliy bezak san’ati sohaqida faoliyat, ko‘nikma va malakalarni egallash, tasviriy san’at tarixiyi haqida ma’lumot berish, atrofdagi hayot va san’atni estetik idrok qila bilishdir. o‘z hayotini go‘zallik sonunlari bo‘yicha tashkil qilish va
h.k. hisoblanadi.
Musiqa darslari musiqa ijodining quvonchini anglash tuyg‘usini beradi. Musiqa asariga qilingan axloqiy estetik mazmundan huzurlanish qobiliyatini shakllantiradi.
Musiqaviy mashg‘ulot turlari: ho‘r bo‘lib ashulla aytish, musiqa savodi, musiqa asarlarini tinglash, ijrochilik faoliyati, musiqaga jo‘r bo‘lib harakat qilish va h.k. Bu mashg‘ulotlarni o‘tkazish jarayonida ham estetik tarbiya vositalari ham turlicha bo‘ladi.
Maktabda dars jarayonida olib boriladigan nafosat tarbiyasining davomi sinfdar va maktabdan tashqari ishlari hisoblanadi. Bu ishlar jarayonida borliq va san’atga nisbatan estetik munosabat shakllantiriladi. Shaxsning ma’naviy boyishi ta’minlanadi, o‘quvchilar bo‘sh vaqtida foydali ishlar bilan to‘ldiriladi, yoshlarning qobiliyatini namayon qilishga imkoniyat tug‘dirilib beriladi.
Maktabda sinfdan tashsari ishlar adabiyoti va san’ati turlari bo‘yicha to‘garaklar, fakultativlar, ho‘r jamoasida, badiy havaskorlik teatri, tasviriy san’at studiyalarida olib boriladi.
Ayniqsa, bu sohada televideniyaning roli bebaho.
Maktabda o‘tkaziladigan shoir yozuvchi va san’atkorlar bidan uchrashuv, kino va teatr asarlarini jamoa bo‘lib tomosha silib, keyin muxosama qilish, rassom va haykaltorashlar ustahonasiga eksqursiyalar uyushtirish, devoriy gazeta, stentlar
88 Pedagogika. // M.Toxtaxodjaevaning umumiy tahiri ostida. – T.: O‘zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. B. 165.
chiqarish, maktab ichki radio va televideniyasi ishlari, bolalar ishlaridan ko‘rgazmalar konkurslar tashkil qilish, ijrochilik faoliyati kabilar estetik tarbiya bo‘yicha sinfdan tashsari ishlarga kiradi.
O‘zbek xalq amaliy bezak san’ati estetik tarbiyaning bebaho vositasi hisoblanadi. Ganch o‘ymakorligi, nassoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, to shva suyak o‘ymakorligi, kulolchilik, picxoschilik, zargarlik, kashtachilik, zardo‘zchilik bilan tikish san’ati necha asrlardan buyon o‘zbeklar bir sancha avlodning estetik tarbiyalash vositasi bo‘lib kelmoqda.
|