• Estetik tarbiya vazifalari
  • Estetik tarbiyaning mazmuni
  • Estetik
  • Vazirligi urganch davlat




    Download 0,96 Mb.
    bet128/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Estetik tarbiyashaxsning estetik ongi, munosabatlari hamda estetik faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvidan iborat uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalarga ega. Estetik tarbiya shaxsning estetik madaniyatini egallashiga yo‘naltirilgan bo‘lib, turli shakl va metodlar yordamida amalga oshiriladi.
    Estetik tarbiya vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadalridan kelib chiqsan holda, bolalarning yosh imsoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiya oldida quyidagi vazifalar turadi:

    1. Bolalar hayotidagi voqyelikdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga tabiatda va turmushdagi mehnatda ijtimoiy hayotdagi kishilar hatti-harakatida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zallikni ko‘ra bilishga o‘rgatish, ularda estetik his, did, munosabatini tarbiyalash, kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik yaratishda faol ishtirok etish.

    2. Bolalarni badiiy ijodiyotning turli janrlarida yaratilgan san’at asarlarni ko‘rish, tushunish va sevishga o‘rgatish orqali o‘zlarida estetik ong asoslarini shakllantirish chiroylilikni hunuklikdan, gamginlikni hursandchilikdan farqlay olish ranglarni shakl tovushlari bir-biridan ajratib bilish kabi sensor etalonlari bilan tanishtirib.

    3. Bolani san’atning turli sohalari: o‘yin, ashula, she’r, o‘qish, qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyat kabilardan yana ham faolroq harakat qilish va o‘zini

    ko‘rsata bilishga o‘rgatish. Bu orqali bolalarda badiiy ijobiy qobiliyatni, hayolni o‘stirish, ko‘rish hotirasini rivojlantirish. 87
    Estetik tarbiyaning mazmuni o‘quvchilarda estetik bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishni hamda, estetik his-tuyg‘u, qiziqish, ehtiyoj, baho berish va didlarini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi.
    Estetik tarbiya bu san’at tabiat va jamiyat hodisalaridagi nafosatlilikni idrok etish tushunish ijod qilish va hayotini estetik qonun qoidalar asosida tashkil qilishdir.
    Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda estetik idrokining psixologik qonuniyatlarini hisobga olish lozim. Bu xususiyatlar ilk yoshdagi bolalarga xos hamda rivojlanish, estetik tajribasi, tasavvurlarning shakllanganlik darajasiga bog‘liq. Atrof-olam hodisalari dastlab estetik sifatida namoyon bo‘lmaydi. Bunday bo‘lishdan oldin ular idrok etiluvchan, mazmunli, tushunarli bo‘lishi lozim. Demak, tarbiyasichi, o‘qituvchining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda, eng murakkab hodisalar hamda go‘zallik shakllari, estetik muammolarini anglab yetishi lozim. Nafosatni idrok etishning muhim unsuri – hissiyotlilik. San’at, borliqni yorqin aks ettiruvchi yuqori badiiy asar mazmunini idrok etishda o‘quvchilar quvonch yoki g‘azab, qo‘rqinch yoki ishonchni his etadilar. Bu tuyg‘u go‘zallik qonuniyatlari g‘oyasi bilan yashashga undaydi.
    Estetik tarbiyaning vositalari o‘quvchilarning go‘zallikni sevish ruhida tarbiyasilash maqsadida tevarak-atrofdan tanlab olingan turmush, tabiat, san’at go‘zalligi va bolalarning badiiy faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonda qo‘llaniluvchi omillar sanaladi.
    Oila go‘zallikning birinchi maktabidir. Oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari, uy-jihozlari, ularning yagona birligi, uyg‘unligi, tartibli joylashtirilishi, saranjom-sarishtalik, maktabning bezatilishi, maktabdagi yodgorlik va a’lochilar burchagi kabilarning barchasi bevosita bolalarda go‘zallikni tarbiyasilashda katta ta’sir ko‘rsatadi.

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   301




    Download 0,96 Mb.