• Axloqiy tarbiya vazifalari
  • Axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra
  • Axloqiy tarbiya mazmunida
  • Axloq tarbiyasining mohiyati va mazmuni




    Download 0,96 Mb.
    bet126/301
    Sana13.06.2024
    Hajmi0,96 Mb.
    #263417
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   301
    Bog'liq
    Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

    Axloq tarbiyasining mohiyati va mazmuni


    Axloqiy tarbiya va unga qo‘yiladigan talablar bu jamiyatda ma’lum ijtimoiy- axloqiy talablarga mos axloqiy xislatlarni shakllantirish maqsadida o‘quvchilar ongi, hissiyotlari hamda xulqiga muvofiq va tizimli ta’sir etishdir.
    Axloqiy tarbiya vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ongni shakllantirish.

    2. Ularda ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ularni tarbiyasilash va rivojlantirish.

    3. O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy xulq-atvor ko‘nikma va odatlarini tarkib toptirish.

    Axloqiy tarbiya mohiyatiga ko‘ra inson ongining jamiyat bilan aloqadorligi, jamiyat oldida burchli ekanligi, o‘z xulq-atvorini jamiyat taraqqiyoti darajasiga bog‘liqligini tushunishi, jamiyat tomonidan tan olingan axloqiy me’yor, ideal hamda talablarni bajarishda mas’uliyatni his etishi, ma’naviy-axloqiy bilimlarning e’tiqodga aylanishi va bu e’tiqodlarning tizimliligi, mustahkam axloqiy his-tuyg‘u va xislatlarni shakllantirish, o‘quvchilar tomonidan ma’naviy- axloqiy xulq-atvor jamiyat a’zolariga bo‘lgan hurmat-e’tiborni namoyon etuvchi mezonlardan ekanligining anglab yetilishi, ma’naviy-axloqiy odatlarning shakllanishi va boshqalardan iborat.
    Axloqiy tarbiya mazmunida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tiklash masalasining kun tartibiga qo‘yish zaruriyatining yuzaga kelganligi munosabati bilan tub o‘zgarishlar yuz berdi.
    Eng muhim qadriyat inson omili hisoblanadi. Hayot insonga bir marta beriladi, Shuning uchun ham milliy va umuminsoniy qadriyatlarda uni mazmunli, o‘zgalar va o‘zining hayoti ma’nosini anglagan holda o‘tkazish keraqligi haqida ko‘plab rivoyat, hikmat va pand-nasihatlar mavjud.
    Bundan tashqari ta’lim muassasasida o‘quvchilarga qadriyat sifatida munosabatda bo‘lish ham dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Zero, ta’lim tamoyillarida eng muhim, asosiy tamoyillardan biri ta’limni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish bo‘lib, uning asosiy mohiyati o‘quvchi shaxsiga insoniy munosabatda bo‘lishni, ta’lim jarayonini erkinlashtirishni talab etadi.
    Axloqiy tarbiyada yana bir eng qimmatli qadriyat erkinlikdir. Ta’limni demokratlashtirish bilan birga shaxs erki va xuquqini hurmat qilish rivojlanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchi shaxsida mas’uliyatni his etish, ongli intizomga rioya etish ko‘nikmalarini tarbiyasilaydi. Shuningdek, vtanparvarlik, xalqlar o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, ms’uliyatni his etish, burch, or-nomus, vijdonlilik, tartiblilik, adolatlilik va boshqa xislatlar tarbiyasi katta ahamiyatga ega.
    Axloqiy tarbiyani tashkil etishda o‘quvchilar xatti-harakatlarida ko‘zga tashlanadigan salbiy odatlar – jamoa joylarida qattiq gapirish, qo‘pol so‘zlarni


    84 Sharifzoda, S.O‘., Xudoynazarov, E.M. Pedagogika nazariyasi : O‘quv qo‘llanma /– Toshkent: Bookmany print, 2022. - 312 b.


    ishlatish, hissiyotga berilish, o‘ylamay gapirish, ishonli bo‘lmagan hamda, dalillar bilan tasdiqlanmagan voqea-hodisalar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo‘lish, qo‘lini silkitib gapirish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e’tibor qaratish zarur.
    Arzimas bo‘lib ko‘ringan, lekin shaxsning kelajak hayot va ksbiy faoliyatni tashkil etishda, muvaffaqiyatga ega bo‘lish yo‘lida, zarurli bo‘lgan bu kabi odatlardan holi bo‘lishda o‘quvchilrga yordam ko‘rsatish o‘qituvchilarning muhim vazifalaridan sanaladi.
    O‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy jihatdan shakllantirishda samarali shakl, metod va vositalardan foydalanish boy milliy madaniy, tarixiy va pedagogik an’analar, urf-odatlar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi.
    Bu borada tarbiya jarayonida o‘quvchining axloqiy, ijodiy, ma’naviy, jismoniy jihatdan shakllantirishga qaratilgan innovatsion metodlar samarali natijalar beradi. Bunday tarbiya o‘quvchilarda voqealar rivojini oldindan ko‘ra bilish, o‘zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo‘lini to‘g‘ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch, axloqiy qadriyatlarni to‘g‘ri anglash, ijtimoiy hayotda turli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yo‘llaydi.
    Ayniqsa, bahslashish, ishontirish treninglarida o‘quvchi-yoshlarning faolligi, liderlik sifatlari, jamoada ishlash ko‘nikmalari shakllanadi. O‘zgalar fikrini hurmat qilish, ishontirish, o‘z fikrini asoslash, munozarada qatnashish mahorati paydo bo‘ladi. Shuningdek, muloqot madaniyati, his-tuyg‘ularini jilovlay olish, fikr yuritish mahorati shakllanadi. O‘z ishiga mas’uliyat hissini shakllantirib, ijodiy tasavvurini rivojlantiradi, ma’naviy-axloqiy tadbirlarni loyihalashtirish, ko‘ngilochar, tashhisli, ishchan va harakatli o‘yinlar, ziddiyatlarni hal etishning turli uslublari (tanqid usullari – ruhlantiruvchi, ta’nali, umidli, qiyosiy), rag‘batlantiruvchi (tanqid, vaziyatni yumshatuvchi, gina, tanbeh beruvchi tanqid_ - bularning barchasini insonparvarlik g‘oyalari asosida olib borish ijobiy natijalar beradi. 85

    Download 0,96 Mb.
    1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   301




    Download 0,96 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axloq tarbiyasining mohiyati va mazmuni

    Download 0,96 Mb.