Vazirligi urganch davlat




Download 0,96 Mb.
bet125/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

Axloqiy tarbiya tizimida ma’naviy-axloqiy his-tuyg‘ular inson tomonidan, uning hovea-hodisalar, kishilar hamda o‘z xulqiga nisbatan his-tuyg‘ularni uyg‘otishga rag‘bat paydo qiluvchi tarbiyasiviy ishlar tizimli tashkil etilgandagina samarali kechadi. Mazkur tizimda xulq-atvorni shakllantirishga oid tarbiyasiviy ishlar aks etadi. Shunga ko‘ra axloqiy xulq-odobga doir xislatlarni shakllantirishga undovchi rag‘bat bilan hosil bo‘ladigan faoliyat eng asosiy bo‘lib hisoblanadi.
Shuningdek, o‘quvchida axloqiy xislatlarni shakllantirishga nisbatan ehtiyoj bo‘lishi shart. Demak, axloqiy tarbiyani tashkil etish jarayonida uyushtiriluvchi tadbirlar xulq-odobga doir xatti-harakatlar zanjiridan iborat bo‘ladi. Axloqiy xatti- harakatlar esa o‘quvchi tomonidan axloqiy me’yor va tamoyillar mohiyatini o‘rganish, ularni anglab yetishdan iboratdir.
Xatti-harakatlar tizimi axloqiy odatlarni tarkib toptiradi. Bu borada quyidagi
talablarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:

    • axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi “kompaniya”ga aylanmay, maqsadga muvofiq, uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur;

    • o‘quvchilarda axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyasilash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me’yorlar buzilgan holatlarda tarbiyasilanuvchilarning o‘z nuqati nazarlarini ifodalashlari bilan amalga oshirilishi;

    • shaxsda o‘z idealiga intilishiga bo‘lgan his-tuyg‘ularini uyg‘otishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni tashkil etish borasidagi ko‘nikmalarni tarbiyasilash;

    • axloqiy tarbiyaga doir ishlarni tarbiyasilanuvchilarning tajribasi, tarbiyasi qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorliklari, yaxshi va yomon xatti- harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish;

    • tarbiyasilanuvchilarda yuksak axloqiy sifatlar – insoniylik, insonga hurmat, mehr-saxovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish;

    • fuqarolik madaniyati, ongli intizom, jamoani hurmat qilish va boshqa juda ko‘p axloqiy sifatlar – boshqalarga g‘amxo‘rlik qilish, odamlarning g‘am-tashvishi, quvonchini tushuna olish, o‘z manfaatidan o‘zgalar manfaatlarini ustun qo‘yish, axloqiy me’yorlar hamda mavjud qonunlarga zid xatti-harakatlarni



83 Ibragimov X.I.., Abdullaeva SH.A. Pedagogika nazariyasi. - T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2008. – B.


146.
to‘xtataolish, ma’lum xatti-harakatlarni amalga oshirishda jamoa a’zolarining fikri bilan o‘rtoqlashish, mas’uliyatni his etish kabilarga asoslanishi kerak. 84

    1. Download 0,96 Mb.
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   301




Download 0,96 Mb.