Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi




Download 0,96 Mb.
bet133/301
Sana13.06.2024
Hajmi0,96 Mb.
#263417
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   301
Bog'liq
Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22

Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:


  • Atrof - muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri;

  • Tabiat va uning ahamiyatini aniqlash;

  • Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oilani hamkorligi;

  • O‘z shahrini, qishloq va maktab hovlisini ko‘kalamzorlashtirishda o‘simliklarni parvarishlashga qiziqishni oshirish;

  • Atrof - muhit muhofazasida bolalar vazifalari;

  • Tabiatni muhofaza qilishda ota-onalarning namunali o‘rni;

  • Oiladagi, maktabdagi tabiatni, o‘simlik va hayvonot dunyosini e’zozlashga o‘rgatish;

  • Tabiatni ongli munosabatda bo‘lish;

–Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash92.
Ekologiyani o‘zgartirish uning ifloslanishini miqdorini miqdoran son jihatdan ko‘rsatkichlarini bildirish, matematika fanidan beriladigan ekologik tarbiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, rekpublikamizda 1200 ga yaqin sanoat karhona borligi ular havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni jasoratligi, bunday holat 10-20 yildan keyin nimalarni olib kelishini misollar bilan tushuntirish lozim.
Ekologik yo‘nalishdagi to‘garaklardagi bolalar tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat go‘zalliklaridan zavqlanishga, atrof - muhitni sevishga o‘rgata boradi. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘qiladigan «Tabiatni e’zozlaylik»,
«Tabiat va inson», «Ekologiya va inson», «Orol madad so‘raydi», kabi mavzular o‘quvchilarda tabiatga qiziqishi yanada oshiradi.
O‘quvchilar ekologik tarbiya jarayonida quyidagilarni bilishlari zarurdir.

  • Tabiat haqida tushuncha, tabiiy muhit, tabiiy omillar va ularning bog‘likligi;

  • Tabiat boyliklaridan tejab foydalanish va ularni muhofaza qilish;

  • Atrof - muhit ifloslanishlardan saqlash;

  • Tabiat kelajak avlodlar uchun tabiiy holda qoldirishga intilish.

Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o‘quvchilarda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni uyg‘otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning go‘zalligini asrab - avaylashga olib keladi.93

Download 0,96 Mb.
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   301




Download 0,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekologik tarbiya berishga tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi

Download 0,96 Mb.