|
Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat.
Aqllilik
|
bet | 135/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat.
Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat.
Ziyraqlik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat.
Alisher Naoiy “Farqod va SHirin” dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko‘rsatib o‘tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg‘ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko‘ra, 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo‘lgan.95
Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badantarbiyasi bilan shug‘ullanishi zarur: “Badanning salomat va quvvatli bo‘lmog‘i insonga eng keraqli narsadir. CHunku o‘qimoq, o‘qitmoq, o‘rganmoq va o‘rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog‘ badanga ega bo‘lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo‘l qo‘yurlar.
... Badan tarbiyasi ni fikr tarbiyasi ga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o‘ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo‘yib asatrini yuvib ovora bo‘lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog‘lom bir vujud kerakdur”.
94 Hoshimov K., C.Ochil. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O‘qituvchi, 2010. – B. 225-226.
95 Hoshimov K., C.Ochil. O’zbek pedagogikasi antologiyasi. – T.: O’qituvchi, 2010. – B. 227-228.
Jismoniy tarbiyasi kishilarga katta ta’sir ko‘rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiyasi qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Mustaqillik yillarida, O‘zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo‘nalish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyasilashning kopleks dasturi ishlab chiqildi. “Sog‘lom avlod dasturi” yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.
Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o‘tkazilishi yo‘lga qo‘yildi:
Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilar o‘rtasidagi “Umid nihollari”
bellashuvi.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari o‘rtasidagi
“Barkamol avlod” bellashuvi.
Oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasidagi “Universiada”
bellashuvi.
Shuningdek, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
Yangi turdagi o‘quv muassasalarda ham o‘quvchilar o‘rtasida jismoniy tarbiyasini samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiyasi mazmuni o‘quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog‘liqdir.
O‘quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo‘lishlari jismoniy tarbiyasi samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to‘xtatib turuvchi quvvat.
Aqllilik
|