|
Vazirligi urganch davlat
| bet | 138/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22 Tayanch tushunchalar.
Ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Tizim (mustakil tushuncha sifatida) - o‘zaro boglangan ko‘plab elementlar (tarkibiy kismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik.
Ta’lim tizimi – davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui.
Ta’lim va tarbiya mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati.99
-
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni
Amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni,2020-yil 23 sentabr kuni tasdiqlangan bo‘lib 11 bob ,75 moddadan iboratdir.
Unda uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy xujjat mazmuni quyidagilar ifodasini topgan:
-
Umumiy qoidalar
-
Ta’lim tizimi, turlari va shakllari
-
Ta’lim tizimini boshqarish
-
Ta’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish
-
Ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi
-
Ta’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining xuquq va majburiyatlari
-
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish
-
Nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. Xorijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi xujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi xujjatlarga apostil qo‘yish
-
Ta’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash
-
Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik
-
Yakunlovchi qoidalar100
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat
99 Xasanboev J, To’raqulov X., Xaydarov M., Hasanboeva O. Pedagogika fanidan izohli lug’at. – T.: Fan va texnologiya, 2008. – B. 38.
100 Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 23 сентябрдаги “Таълим тўғрисида”ги ЎРҚ-637-сон Қонуни.
https://lex.uz.
-
|
| |