|
Vazirligi urganch davlat
|
bet | 139/301 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 0,96 Mb. | | #263417 |
Bog'liq Umumiy Pedagogika darslik. 08.09.22Ta’lim tizimi va turlari.Ta’lim tizimi davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ta’lim tizimi davlat siyosatining asosiy tamoyillari asosida yosh avlodga ta’lim-tarbiyasi berish yo‘lida faoliyat yurituvchi barcha turdagi ta’lim muassasalari majmui demakdir. Har bir mamlakatning ta’lim tizimi uning ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi.
Respublika “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda ta’kidlanganidek (II bob 6 – 22 moddalar), O‘zbekiston respublikasida ta’lim quyidagi turlarda va shakllarda amalga oshiriladi:
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim va tarbiya; umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish; maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir.
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.
Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
|
| |